Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

"Bavariya"ning asosi bizmiz, sen emas"

"Bavariya"ning asosi bizmiz, sen emas"

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi muxlislari klub prezidenti Gerbert Xaynerning Qatar kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirish qaroriga salbiy munosabat bildirishdi.

Yaqinda o‘tkazilgan yig‘ilishda Xayner “Bavariya”ning Qatar Airways bilan homiylik shartnomalari buzilmasligini aytgan va yangi bitimga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng klub muxlislari rahbariyatga “Bavariya”ning asosi bizmiz, sen emas”, “Biz seni ko‘rishni istamaymiz”, “Hayner Out” deb baqira boshlashdi.


Avvalroq, klub boshqaruvi a’zolaridan biri Maykl Ott jamoaga homiylik shartnomalarini qayta ko‘rib chiqish uchun ovoz berish yo‘lini taklif qilgan edi. Uning va muxlislarning fikricha, Qatarda davom etayotgan harakatlar va u yerdagi inson huquqlarining buzilish holatlari klub obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq uning bu boradagi taklifi rad etilgan.

Uchrashuvda Ott, agar natijalar qonuniy kuchga ega bo‘lmasa ham, ushbu mavzu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish yaxshi bo‘lishini aytdi.

“15-20 daqiqalik nutq tayyorladim. Men Qatardagi barcha muammolar va ushbu davlat bilan homiylik shartnomasini tuzish noto‘g‘ri ekanligi haqida gapirmoqchi edim.

Barcha ekspertlarning aytishicha, agar siz bu mamlakatda biror narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, bu faqat jamoatchilik bosimi ostida amalga oshishi mumkin. Biroq bu “Bavariya” hech qachon qilishni istamaydigan narsa”, - dedi Ott.

Kiritildi: 10:49, 28.11.2021.
O'qildi: 2538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.