Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

O‘FAda Superliga yakunlari bo‘yicha klublar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda Superliga yakunlari bo‘yicha klublar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining majlislar zalida OʻFA Prezidenti Abdusalom Azizov raisligida 2021-yilgi mavsum yakunlari va keyingi yilgi mavsum rejalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda milliy chempionatimizda toʻp surayotgan klublarning bosh murabbiylari, jismoniy tayyorgarlik va ilmiy-metodik tahlil boʻyicha mutaxassislari ishtirok etishdi. OʻFA rahbari futbolchilarning betartib transferlar natijasida doimiy klublarni almashtirishi, bunda oʻsish va yuqori natija qayd etish asosiy maqsad boʻlmayotganligini tanqid ostiga oldi. Masʼullarga keyingi mavsumdan transferlar jarayonini qattiq nazorat ostiga olinish topshirigʻi berildi. Shuningdek legionerlarni olib kelishda ularning darajasi va saviyasiga alohida eʼtibor qaratilishi kerakligi taʼkidlandi.

Superliganing soʻngi oʻyinlari murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtganligi, kuchli uchlik uchun kechgan raqobat oxirgi turgacha saqlanib qolganligi, adolat prinsiplariga rioya etish yoʻlida barcha harakatlar amalga oshirilgani taʼkidlandi. Abdusalom Azizov keyingi mavsumda ishtirok etadigan klublar soni oʻzgartirilmasligi, barcha rejalar reglament asosida tashkil etilishini maʼlum qildi. Yangi mavsumdan boshlab klublar uchun bir qator standartlar joriy etilishi, xususan, futbolchilar uchun jismoniy tayyorgarlikning minimal darajasi talablari belgilanishi va maydonlar holati qatʼiy nazorat ostiga olinishini aytdi.

Klub akademiyalari va ayollar futbolini rivojlantirishga ham tizimli va sifatli yondashish talabi qoʻyildi.

Klublar tomonidan sarflanayotgan mablagʻlarni aynan futbol infratuzilmasini bosqichma bosqich rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov yuqori darajadagi futbolchilar yetishtirishda muhim boʻlgan jihatlar, xususan sport tibbiyoti, vitaminizatsiya nutritsiologiya, zamonaviy sport texnologiyalaridan samarali foydalanish va bu yoʻlda mutaxassislarni tayyorlash, murabbiylar taʼlimi masalalarida taklif va tavsiyalar berdi.

Kun tartibidagi masalalardan Oʻzbekiston chempionati-2022 musobaqalari reglamentiga Superliga oʻyinchilarining jismoniy tayyorgarligiga minimal talablarni joriy etish mavzusi muhokama qilindi. Bu oʻz navbatida natija va koʻrsatkichlarga ijobiy taʼsir qilishi, bunday tahlil zamonaviy futbol talabi ekani eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham soʻz olib, futbol sport turlari ichida eng koʻp energiya talab qilishi, shu sababli futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash birinchi galdagi vazifa ekanligini aytdi. Futbolchilarga beriladigan yuklamalarni doimiy ravishda nazorat ostida ushlash, bu borada klublarda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha tajriba ega mutaxassislar faoliyat yuritishini tashkil etish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Shuningdek, yigʻilishda Superliga murabbiylari bir qator muammoli vaziyatlarga oʻz takliflarini bildirib oʻtishdi. OʻFA rahbariyati ushbu muammolar yechimida jamoalarga yordam koʻrsatishini maʼlum qildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:29, 29.11.2021.
O'qildi: 2919 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.