Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Ravshan Ermatov xorvatiyalik diplomatlar va futbol mutaxassislari bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov xorvatiyalik diplomatlar va futbol mutaxassislari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Xorvatiya elchisi Refik Shabanovich, shuningdek, xorvatiyalik futbol mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov Xorvatiya futbolining dunyoda tutgan o‘rni, ushbu yurtning jahon arenalardagi yutuqlari, taniqli futbolchilari va akademiyalarning ulkan tajribasi haqida alohida to‘xtaldi.

Elchi janoblari ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekistonda sportiga, xususan, futbolga e’tibor yuqori ekanligini e’tirof etdi. Ayniqsa bolalar futbolini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga ijobiy baho berdi. Yosh futbolchilarni tayyorlashning maxsus tizimlari, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik borasidagi Xorvatiya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xorvatiyalik mehmonlar O‘zbekistonlik akademiya jamoalarini muntazam Zagreb shahrida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarga taklif etdi.

Uchrashuvda shuningdek, Ravshan Ermatov Xorvatiya akademiyalarning faoliyati va infratuzilmani o‘rganish, o‘zbekistonlik murabbiylarni amaliyotga jalb qilish, iqtidorli, yosh futbolchilarimizni tajriba almashish uchun Xorvatiya akademiyalariga yuborish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

O‘z navbatida, ikkala tomon kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 00:03, 30.11.2021.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик