Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Kuchli beshlik“ning kuchli juftliklari

“Kuchli beshlik“ning kuchli juftliklari

Baho:
+ | -

Futbolda bir-birini tushunib o‘ynash, sherikni his qilib harakatlanish o‘ta muhim. Busiz millionlar o‘yinini tasavvur qilish murakkab. Hozirda superklublar safida shunday futbolchilar borki, ular juftlikda bajarayotgan ishlarni ba’zi jamoalar o‘n bittalashib ham eplay olmaydi (sal mubolag‘asi bilan). Ular kiritayotgan gollari va qo‘lga kiritayotgan golli uzatmalar soni bo‘yicha boshqalardan yaqqol ajralib turibdi. Shunday ekan, bugun “kuchli beshlik“ chempionatlarining kuchli juftliklari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Muhammad Saloh & Sadio Mane

APLda oxirgi turlardagi natijalari hisobi bilan “Liverpul“ eng yuqori cho‘qqisiga qaytib bormoqda. Himoyada “quruq“ o‘yinlar ko‘payib qoldi, Trent va Robertson yana super paslari bilan o‘zlarini eslatib turishibdi, yarimhimoya ham har galgidek balansni ushlab turibdi. Ayniqsa, hujumdagi to‘rtlik fantastik mavsum o‘tkazmoqda, bizningcha. Bu to‘rtlikni ajratishdanda qiyinroq ish yo‘q. Biroq shunga majburmiz. Zero, ular orasidagi ikki afrikalikni alohida ta’kidlamasa bo‘lmaydi. Manedagi holatni har mavsumdagi kabi sermahsullik deyishimiz mumkin. Biroq Saloh hozir eng yuqori tezlikda ketmoqda. Mane hisobida 7 gol va 1 assist mavjud bo‘lsa, Salohda bu raqamlar 11 gol va 8 assistga teng. Bu ketishda Klopp shogirdlari yana bir marta chempion bo‘lib ketadigan bo‘lsa, futbol jamoatchiligi uchun bu umuman ajablanarli hol bo‘lmaydi. Biroq hali hammasi oldinda. Shuningdek, futbolda oldindan bir nima deyish qiyin. Har qancha zo‘r mutaxassis bo‘lsangizda, sizning aytganingiz doim to‘g‘ri chiqavermaydi.

Karim Benzema & Vinisius Junior

Bu mavsum avvallari faqat tanqidga uchragan bu ikki charm to‘p ustalari uchun atalgandek, go‘yo. Benzemaning Ronaldu bor paytlarda qanday tanqidlarga uchragani hammaning yodida bo‘lsa kerak. Hatto uni “Real Madrid“ uchun isnod deganlar ham topilardi. Lekin hozir u Ronaldudan ko‘ra yaxshiroq va sermahsulroq davrini o‘tkazmoqda. Vini tomon esa oxirgi paytlarda juda ayovsiz bo‘lmasada, ammo tanqidlar uchrab turardi. Ayniqsa, uning aql bilan futbol o‘ynamasligi alohida mavzularga sabab bo‘lgandi. Shunga qaramay, ikkovlon ham tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqara olishdi. Ayni payt Karimda 11ta gol va 7ta assist mavjud. Vinisius esa 9 gol muallifi va 2 golga hammuallif bo‘lib turibdi. Papa Karlo boshchiligidagi jamoa Yevropadagi gegemonligini qaytarish uchun jiddiy kurashishga ahd qilgan ko‘rinadi. Har holda, yigitlar qayd etayotgan ko‘rsatkichlar shundan darak bermoqda.

Robert Levandovski & Tomas Myuller

“Bavariya“ haqida so‘z ketganda, darrov ko‘z oldimizga super mashinalar keladi. Tezlikda, sifat bobida eng yuqori o‘rinlarda turuvchi haqiqiy nemis mashinasi. Tarkibida ham insonlar harakatlanishiga shubha paydo bo‘laveradi. Robert Levandovski va Tomas Myuller mana shunday fikrlashimizga asosiy sababchilardan sanaladi. Hech narsa o‘zgarmagandek, bu yili ham ushbu shovvozlar hayratlanarli statistika egasiga aylanmoqda. Vaholanki, ulardan biri 33 yosh, ikkinchisi esa 32 bahorni qarshi olgan. Biroq ulardagi raqamlar shunchaki fantastika. Jumladan, Robert joriy mavsumda 14 gol va 1 assist mualli bo‘lib turibdi. Tomas esa 4ta gol urib, sheriklariga 10ta assist yetkazib bergan. Qoyil qolmasdan iloj yo‘q, to‘g‘rimi? Axir ularni bejizga “nemis mashinasi“ deb atashmaydi. Rostan odam-podam emas bular.

Kilian Mbappe & Neymar

“Parij galaktikosi“ning ikki megayulduzi nafaqat o‘z jamoasida, balki butun Fransiyada eng yaxshi natija qayd etib turibdi. Lionel Messining kelishi ham hozircha bu juftlikni "taxt"dan tushira olmadi. Ammo “o‘zga sayyoralik“ dadil qadamlar bilan oldinga qarab harakatlana boshladi. So‘nggi o‘yinda 3 golning hammasiga uzatma amalga oshirgani uning yana formaga qaytib borayotganidan dalolat. Shunga qaramay, hanuz PSJda Mbappe va Neymardan samaraliroq ko‘rsatkich qayd etadigan futbolchi topilganicha yo‘q. Qayd etish joiz, Mbappe 7 gol urib, 7 assist qayd etgan. Neymarda esa 3 gol va 3 assist bor. Qo‘shimchasiga, Kilianning Fransiya diyoridagi ehtimoliy oxirgi mavsumida ham super natijalar ko‘rsatayotgani tahsinga sazovor. Haqiqiy professionalligi uchun unga har qancha maqtov bildirilsa, baribir kamlik qilsa kerak.

Duvan Sapata & Mario Pashalich

Ro‘yxatimizda nom borasida eng quyi o‘rinda turuvchi tandemga yetib keldik, azizlar. Rostan ham bu yigitlarning klubi ham, mashhurligi ham yuqoridagilarga tenglasha olmaydi. “Real Madrid“, “Bavariya“, “Liverpul“ va PSJlar qayerdayu, oddiygina “Atalanta“ qayerda, to‘g‘rimi? Biroq xulosa chiqarishga shoshilmang. Aynan mana shu futbolchilar A Seriyada klublarini oldinga tortishmoqda. Pashalich golli uzatmalar bobida peshqadam bo‘lsa, Sapata to‘purarlar ro‘yxatida 3 o‘rinda bormoqda. Qizig‘i, bu juftlik “Atalanta“ning deyarli 70 foiz gollarida qatnashishgan. Ya’ni Mario va Duvan “ko‘k-qoralar“ning eng muhim va ajratib bo‘lmas qismiga aylanib ulgurgan. Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik o‘z hisobiga 9 gol va 3 assist yozdirib qo‘ygan. Xorvat esa 4 gol va 5 golli uzatmani o‘ziniki qilgan.

Top-5 chempionatlarda bunday sermahsullik ko‘rsatayotgan ikkiliklar yetarlicha topiladi. Biroq o‘quvchilarimizning sabr-toqatini o‘ylagan holda, biz faqat eng yaxshilari haqida yozishga qaror qildik. Nima deb o‘ylaysiz, yuqoridagi juftliklarning qay biri yakunda eng zo‘r natija qayd etadi? Siz ularning qaysilarini o‘z jamoangizda ko‘rishni istagan bo‘lardingiz?

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:38, 30.11.2021.
O'qildi: 6492 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.