Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Yurtimizdagi "Real Madrid" futbol akademiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yurtimizdagi "Real Madrid" futbol akademiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation"futbol akademiyasi majlislar zalida o‘quv maskani rahbariyati va tarbiyalanuvchilarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda akademiya direktori Akmal Sharipov, “Real Madrid Foundation” tomonidan akademiya koordinatori David Kano, “El Golazo” ta’sischilar kengashidan Farruh Ismoilov va akademiya qoshidagi «Zamonaviy maktab» direktori Manzura Kamalova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda akademiya o‘quvchilari va murabbiylari bilan “tartib intizom va tarbiya” mavzusidagi masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishni akademiya direktori Akmal Sharipov ochib berdi va akademiya tarbiyalanuvchilariga ichki tartib-qoidalarga rioya qilish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, darslarni o‘zlashtirishda ajoyib natijalarni ko‘rsatayotgan o‘quvchilarga minnatdorchilik bildirildi. O‘z navbatida, o‘zlashtirishda oqsayotgan o‘quvchilarga o‘qishga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis David Kano ham akademiya futbolchilari erishayotgan natijalarga to‘xtaldi. Tarbiyalanuvchilarga yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun maksimal olg‘a intilish muhimligini uqtirdi. Trening yig‘ilish akademiya tarbiyalanuvchilari uchun foydali bo‘lishiga shubha yo‘q.

Manba: Metallurg matbuot xizmati
Kiritildi: 06:40, 01.12.2021.
O'qildi: 1514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.