Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy tayinlanadi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy tayinlanadi

Baho:
+ | -

OʻFA va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi oʻrtasida videokonferensiya orqali muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Ushbu muzokaralarning maqsad va vazifasi — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Yaponiya oʻrtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish, ikki mamlakat futbolini rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashish, shuningdek, Oʻzbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislarni jalb etishdan iborat boʻldi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi va hududiy akademiyalarning texnik direktorligi lavozimi uchun Yaponiyaning katta tajribaga ega mutaxassislar xizmatlaridan foydalanish masalasini muhokama qildi.

“Soʻngi yillarda yurtimizda sportga, xususan, ayollar futboliga eʼtibor har galgidan ortgan. Shu yoʻlda oʻz oldimizga bir qator maqsadlar qoʻyganmiz. Ayollar futboli borasida katta tajribaga ega Yaponiya bilan hamkorlik qilish maqsadlarimizga erishishda katta yordam beradi, deb oʻylayman”, dedi Ravshan Ermatov.

Dastlabki kelishuvga koʻra, ayollar terma jamoamizga nomzod bosh murabbiy va uning yordamchisi kelasi yilning yanvar oyida yurtimizga kelishi kutilmoqda. Ularning vazifalari qatoriga ayollar futbolini rivojlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish va mashgʻulotlarni ilmiy-tahliliy yondashuv dasturlari asosida tashkil etish kabilar kiradi.

Muzokaralar chogʻida shartnomaning shartlari va yapon mutaxassislarining mamlakatimizdagi vazifalari muhokama qilindi. Har ikki tomon ham uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:15, 01.12.2021.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик