Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

O‘zbekiston kubogi. O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

O‘zbekiston kubogi. O‘yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning «Paxtakor» va Qarshining «Nasaf» klublari o‘zaro bahs yuritadi. Uchrashuv Samarqand shahridagi «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 da start oladi.

3 dekabr sanasida o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rasmiy mezbon sifatida «Paxtakor» futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti 15:00 da start oladi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. Rasmiy mehmon jamoa sifatida «Nasaf» futbol klubining o‘yinoldi mashg‘uloti uchrashuv o‘tkaziladigan vaqtga parallel — 16:00 da start oladi va uning ham dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, 3 dekabr kuni Samarqand shahridagi «Alexander» mehmonxonasida har ikki klub rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda har ikki klub bosh murabbiylari ikki nafardan futbolchi hamrohligida ishtirok etadi. «Paxtakor» ishtirokidagi matbuot anjumani 17:00 da, «Nasaf» klubi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 17:30 da bo‘lib o‘tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini o‘yinoldi tadbirlarni bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz. Final kuni maydondagi rasmiy hudduda bo‘lish istagidagi fotograf va operatorlarga matbuot anjumani paytida maxsus ruxsatnomalar tarqatiladi.

Kiritildi: 13:04, 02.12.2021.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик