Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Boshqa davlatlar sharafini himoya qilishi mumkin bo‘lgan super yulduzlar haqida

Boshqa davlatlar sharafini himoya qilishi mumkin bo‘lgan super yulduzlar haqida

Baho:
+ | -

Fuqarolik – bu o‘zgaruvchan tushuncha. Shunday ekan hozirgi kunda istalgan atlet o‘z fuqaroligini o‘zgartirib, boshqa davlat sharafini himoya qilishi mumkin. Ammo shunday futbolchilar borki, ularda boshqa bir davlat safida to‘p surish imkoni, shundoq ham mavjud. Quyida ana shunday yulduzlar haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Leroy Sane

Leroy Sane nemis shahri hisoblangan Essenda tug‘ilib o‘sgan. U Angliyadan boshqa nemislar singari o‘z ona yurtiga, Germaniya qaytdi. Bu qaytish esa «Bavariya» bilan bog‘liq edi. Saneda maydonni yaxshi ko‘ra olish, taktik ziyraklik mavjud. Chunki u «Shalke» akademiyasi saboqlarini olgan. Uni biz hozirga qadar xalqaro maydonda Germaniya term jamoasining bir bo‘lagi sifatida bilamiz. Ammo boshqa tomondan, Sanening yana bir yulduz, Sadio Mane bilan bog‘liq jihati mavjud. Chunki u ham Mane kabi Senegal terma jamoasida to‘p surishi mumkin edi. Negaki, uning otasi Sulaymon Sane ushbu terma jamoada ko‘p yillar harakat qilgan va 29ta gol urishga erishgan. Sobiq «Man Siti» hujumchisi, shuningdek, Fransiya termasida ham to‘p surishga haqqi bor. Chunki uning otasi Fransiya diyorida ulg‘aygan. Ammo u Germaniyani tanladi. To‘g‘rida, inson qayerda tug‘ilib o‘ssa, o‘sha yerni vatan deb biladi. Uning o‘zi bu haqida shunday deydi:

«Meni Senegal yoki Fransiya libosini kiyishim bilan bog‘liq gaplarga o‘rin yo‘q. Mening yurtim Germaniya va men bundan faxrlanaman! Meni tanamda Senegal va Germaniya xaritasi tushirilgan tattirovkalar bor. Fransiyaniki emas».

Kilian Mbappe

Dunyoga mashhur «Nike» firmasi rasmiy sahifasida bir post joylaydi. Unda shunday fikr bayon qilingan edi: «1998 yil Fransiya futbolida unutilmas bo‘lgan. Chunki o‘sha yili Kilian dunyoga keladi».
Yosh futbolchi Peledan keyin Jahon chempionati finalida gol urgan eng yosh o‘yinchiga aylangandi. U Parij yaqinidagi Sent-Denis shaharchasida katta bo‘ladi. Hozir esa Parij shahri sharafini himoya qilmoqda. Shunga qaramay, uning otasi Uilfrid, asli kamerunlik. Shu sabab Mbappe Kamerun termasi sharafini himoya qilish imkoniga ham ega. Tasavvur qiling, Kilian Mbappe Afrika Millatlar kubogida to‘p surmoqda...

Alfonso Devis

Devisning hayoti ilk davrdan qiyinchilik bilan boshlanadi. Futbolchining onasi uni Budumburamda, Ganadagi qochoqlar lagerida dunyoga keltiradi. Devisning yaqinlari Liberiya davlatidan qochib kelishgan edi. Negaki, u yerda fuqarolar urushi bo‘layotgandi. Bu voqea sabab, 450 mingdan ziyod liberiyalik fuqarolar dunyoning boshqa nuqtalariga ketishga majbur bo‘lgan. Alfonsoning ota-onasi ham Kanadaga yo‘l oladi. Shuning uchun unda hozir uchta davlat sharafini himoya qilish imkoni bor. Biri – ota-onasi yurti bo‘lgan Liberiya. Ikkinchisi – tug‘ilgan joyi Gana. Yana biri esa, voyaga yetgan vatani Kanadadir. U esa uchinchi tanlovni afzal ko‘rdi. Devis 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Chunki uning yurti Kanada, JCHga AQSH va Meksika bilan mezbonlik qiladi.

Kristian Pulishich

Pulishich – rasman amerikalik. Chunki u okean ortidan kelgan. U Pensilvanya shtatida tug‘ilgan. Uning otasi 90 yillarda shtatning «Xarrisburg» klubida o‘ynagan. Pulishichning bolaligi Angliyada kechdi. U «Breysli Taun» klubi yoshlari tarkibida to‘p surardi. U Angliya terma jamoasi tarkibiga kira olmaydi. Buni imkoni yo‘q edi. Kristianda Xorvatiya fuqaroligi bor. Chunki u, asli o‘sha yerdan. Ota-onasi xorvat, uning. Ammo futbolchining o‘zi AQSH terma jamoasini tanladi.

Pyer-Emerik Obameyang

«Arsenal» sardori APLda to‘p surgan ikkita gabonlik futbolchining bittasidir. Yana biri Mario Lemina bo‘lgan. Pyer-Emerik otasi Uilli kabi Gabon terma jamoasiga sardorlik qilib kelmoqda. Ammo futbolchining o‘zi Fransiyada tug‘ilib o‘sgan va o‘sha yer fuqaroligini olgan. Shu sabab Fransiya terma jamoasi undan hujumini kuchaytirish uchun foydalanishi mumkin edi. Ammo Obameyang azaldan Gabon sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rgan. Obamegang «Milan»da o‘ynab yurgan paytida Italiya U-19 jamoasiga chaqiriq oladi. Uning onasi ispaniyalik.SHu sababdan Pyerda Ispaniya sharafini himoya qilish imkoni ham mavjud edi.

Erling Xoland

Ha, Angliya terma jamoasi hujumda Keyndan tashqari Xolanddan ham foydalanishi mumkin edi. Chunki u Angliyada, Lids shahrida tavallud topadi. Uning otasi 2000 yillar boshida «Lids Yunayted» futbolchisi edi. Shu sababdan Erling hozirgacha «Lids» muxlisi hisoblanadi. U Norvegiya terma jamoasini tanlaydi. Chunki unga Angliyadan ham taklif bor edi. Xolandni terma jamoaga jalb qilish haqida Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt shunday degan edi:

«Biz uni Norvegiyaga qaraganda ertaroq chaqirgan edik. Ammo uni Yorkshirda yashayotganida ushlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Biz ulgurmadik».

 

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

 

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:09, 02.12.2021.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.