Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Chelsi"ning ba’zi muxlislari klublar o‘rtasidagi JCH BAAda o‘tishiga norozi bo‘lmoqda

"Chelsi"ning ba’zi muxlislari klublar o‘rtasidagi JCH BAAda o‘tishiga norozi bo‘lmoqda

Baho:
+ | -1

 "Chelsi" LGBT muxlislari guruhi "Chelsi Prayd" BAAda 2022-yil 3-12-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati munosabati bilan bayonot berdi.

“Musobaqa dastlab Xitoyda o‘tkazilishi kerak edi, biroq mezbon mamlakat bir necha bor o‘zgardi. Chempionat BAAda o‘tishi haqidagi xabar e’lon qilinganidan so‘ng, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va boshqa nodavlat tashkilotlar bu tanlovga jiddiy xavotir bildirishdi.  

Yillar davomida inson huquqlari himoyachilari BAA hukumati tomonidan mehnat qonunchiligi, umumiy kuzatuv, qiynoqlar, so‘z erkinligini cheklash, shuningdek, ayollar va LGBT hamjamiyatlari huquqlariga oid jiddiy inson huquqlari buzilishini qayd etgan . Bunday qoidabuzarliklar klubning jahon chempionatiga aloqador shaxslarga, jumladan, futbolchilar, muxlislar, ishchilar, jurnalistlarga bevosita ta’sir qilishi mumkin.

Jahon futboli yetakchilari xalqaro turnirlarni o‘tkazish huquqini inson huquqlari ahvoli og‘ir bo‘lgan mamlakatlarga topshirishda davom etmoqda. Kelasi yili Chempionlar ligasi finali Rossiyada, bir yildan so‘ng Turkiyada bo‘lib o‘tadi. Uch yil oldin UYEFA "Chelsi"ni Bokuda o‘ynashga majburlagan. So‘nggi to‘rtta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkitasi BAAda, yana ikkitasi Qatarda o‘tkazilgan. Keyin esa Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkaziladi. 

LGBT muxlislari sifatida biz nufuzli musobaqalarni diktatura rejimiga o‘tkazish amaliyotidan g‘azabdamiz, buning oqibati biz, klublarimiz, terma jamoalarimiz turli xavf-xatarlar mavjud mamlakatlarga sayohat qilishga majbur bo‘lmoqda." -deydi "Chelsi Prayd" muxlislar guruhi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 00:42, 03.12.2021.
O'qildi: 4451 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.