Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Boks bo‘yicha bu yilgi mamlakat chempionati har qachongidan ham boshqacha bo‘ladi

Boks bo‘yicha bu yilgi mamlakat chempionati har qachongidan ham boshqacha bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston boks federasiyasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mamlakat chempionatiga bu gal o‘zgacha taraddud ko‘rilmoqda.

Musobaqa 8-14 dekabr kunlari “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, mahalliy hakamlarimizga tajriba ulashish, bahslarda shaffoflik va xolislikni kuchaytirish maqsadida dunyoning barcha qit’alaridan 8 nafar AIBAning 3 yulduzli darajasiga ega hakamlar janglarni boshqarib boradi. Ularning barchasi Olimpiada yoki jahon chempionatlarida ishlagan va ulkan tajribaga ega referilardir. Shuningdek, janglarni boshqarib boradigan hakamlarni Buyuk Britaniya va Ukrainadan tashrif buyuradigan instruktorlar kuzatib borishadi. Ular ishtirokida chempionatdan avval 5-6 dekabr kunlari mahalliy referilar uchun seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Bu yilgi O‘zbekiston chempionatining yana bir muhim jihati, u orqali terma jamoa murabbiylar shtabi Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga da’vogar yoshlarni saralab olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 05:56, 03.12.2021.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик