Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Italiyadan yana yirik bir mojaro isi kelmoqda va masala yana "Yuventus" atrofida

Italiyadan yana yirik bir mojaro isi kelmoqda va masala yana "Yuventus" atrofida

Baho:
+ | -

Italiyadan yana yirik bir mojaro isi kelmoqda va masala yana "Yuventus" atrofida. Voqealar jamoaning bugungi vakillaridan tashqari sobiq a’zolariga ham ta’sir etishi mumkin. Misol uchun - Krishtianu Ronalduga!

Ikki muhim savol va unga javoblar:

1. Turin prokuraturasi Ronalduni nega so‘roq qilishni istayapti?

2. "Yuventus" yana B seriyaga tushirib yuboriladimi?


1. Turin shahri prokuraturasi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni so‘roq qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda "La Gazette Dello Sport". Tergov 36 yoshli portugaliyalikning Turin klubi bilan moliyaviy hamkorligi tafsilotlari bilan qiziqmoqda. Avvalroq OAVda Italiya huquq-tartibot idoralari Krishtianu Ronaldu va "Yuventus" o‘rtasidagi shartnomasining moliyaviy tafsilotlarini o‘rganayotgani, o‘tgan yili karantin paytida futbolchiga moliyaviy hisobotlarga kiritmasdan to‘lovlarni amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Klub vakillari soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va noqonuniy to‘lovlar haqidagi shubhalarga hech qanday munosabat bildirmadilar. Eslatib o‘tamiz, avvalroq polisiya “Yuventus” bosh qarorgohida tergov uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olib qo‘yish uchun tintuv o‘tkazgan edi.

Italiya matbuotida bu o‘rinda “Yuventus”da jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda.

2. Endi "Yuventus"ning vaziyati bo‘yicha batafsilroq. Klubning o‘tgan yil uchun taqdim etgan moliyaviy hisobotlari bir emas ikki tegishli organ e’tiboriga tushgan. Tergov klubdagi yuqori lavozimli 6 nafar kishini soliqdan qochish, shartnomalarda noto‘g‘ri ma’lumorlarni keltirish kabi ishlarda gumonlayapti. Bular "Yuventus" prezidenti Andrea Aniyeli, vise-prezident Pavel Nedved, sobiq Sport bo‘limi rahbari Fabio Paratichi, amaldagi va sobiq Moliyaviy direktor Stefano Cheratto hamda Stefano Bertola va menejer Marko Re.

Bundan tashqari, klubning o‘zi yuridik shaxs sifatida ham tergovda hisoblanadi.

Miralem Pyanich va Artur transferlari ham alohida taftish qilinmoqda. Yodingizda bo‘lsa o‘sha vaqtning o‘zida bu transfer juda katta taajjubga sabab bo‘lgandi. Pyanich 70 mln. yevro, Artur 80 mln. yevroga sotilgan va bu raqamlar atrofida "qora buhgalteriya" olib borilgani aytilmoqda.

Agar jamoaga qo‘yilayotgan ayblovlar o‘z isbotini topsa yengil holatda jarimalar bilan qutilish mumkin. Ammo ish jazoning eng keskin holatiga yetib borsa shaxslarning javobgarligidan tashqari "Yuventus"ning o‘zi ham B seriyaga tushirib yuborilishi mumkin. Buning yuz berish ehtimoli past. Ammo bu Italiya...

Kuzatamiz... 

Orif Tolipov

Manba: Telegram.me/Orif_Tolipov
Kiritildi: 08:10, 03.12.2021.
O'qildi: 4991 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик