Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Rangnikning "MYU"ga kelganidan kimlar manfaatdor?

Rangnikning "MYU"ga kelganidan kimlar manfaatdor?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bugun so‘nggi o‘yinini maydon chetida Ralf Rangniksiz o‘tkazdi. Nemis allaqachon Britaniyada ish vizasini oldi, u "Old Trafford"da "Arsenal"ga qarshi o‘yinni tomosha qildi va yakshanba kungi "Kristal Pelas" bilan o‘yinda murabbiylik qiladi.

Ralbf klubdagi dastlabki kunlaridanoq o‘z imzosi bilan pressingdagi o‘yin uslubini amalga oshirish uchun katta ishni boshlashi kutilmoqda. Rangnikning qo‘lida barcha kartalar va qishki transferlar uchun yana 100 million funt bor. Uning jamoaga kelishi bir qator futbolchilar uchun yaxshi ish bo‘lmasligi mumkin va buning aksi.

Hozirgacha eng qiziqarli bahs Krishtianu Ronalduning figurasi atrofida bo‘lib o‘tadi. Yakshanba kungi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda portugaliyalik "Manchester Yunayted"da asosiy tarkibda maydonga tushmadi va bu qaror uchun mas’uliyatni Maykl Kerrik o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa-da, murabbiy Ralf Rangnikdan taktik ko‘rsatmalar olgan versiya ham mavjud.

Bunga nemisning sevimli 4-3-1-2 sxemasi va asosiy tarkibda KriRoning yo‘qligi bunga ishora qilmoqda. Portugaliyalik futbolchi 36 yoshda va asta-sekin o‘z o‘yinini o‘zgartirib, karerasini eng yuqori saviyada ushlab turish uchun Ronaldu o‘yinida o‘zgarish qildi. U hujumda yuqori samaradorlikni saqlab qolish uchun himoya funksiyalari va "qora" ishlardan voz kechishi, uni yaqinlashib kelayotgan taktikaning yaqqol qurboniga aylantiradi.

Kerrik Krishtianu faol pressing ishlatadigan jamoalarda foydali bo‘la oladi, deb hisoblamadi.

Bu shunchaki mish-mishlar. Krishtianu turli murabbiylar bilan turli uslub va taktikalardan foydalangan holda muvaffaqiyatli o‘ynadi, shu bilan birga u o‘zining har bir klubi uchun keraklicha gol urgan. Va u gol urishda davom etadi, bunga ishonchim komil. U o‘z o‘yinini o‘zgartira olmayapti, deb o‘ylash soddalik bo‘lardi, turli sxema va talablarga moslasha olmasdan turib, shuncha yillar ketma-ket muvaffaqiyat qozonib bo‘lmaydi. Ronaldu hali ham "Yunayted" uchun juda qimmatli bo‘lishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida 15 ta o‘yinda 10 ta gol urdi, bu esa uni qimmatli hujumchiga aylantiradi, ammo Rangnik uni tarkibda saqlab qolishi so‘roq ostida. Balki, yangi murabbiy unga faqat Krishtianuga yarashmaydigan rolini taklif qila olar.

Ole-Gunnar Sulsherning jamoadan ketgani Jeydon Sanchoning yelkasidan tog‘ni olib tashlagandek bo‘ldi, u norvegiyalik murabbiy chetlatilganidan so‘ng ikkala o‘yinda ham gol urdi, garchi bungacha u 14 uchrashuvda samarali harakatlari bilan ajralib turmagan bo‘lsa ham. Ronaldudan farqli o‘laroq, Sancho o‘zining o‘yin xususiyatlari bilan Rangnikning falsafasiga juda mos tushadi, ayniqsa u Germaniyada Dortmundning "Borussiya"sida muvaffaqiyatli o‘ynagan. Ma’lumki, Bundesliga kuchli pressing chempionati hisoblanadi.

Qanday bo‘lmasin, iste’dodli, lekin hali ham rivojlanishga muhtoj Sanchoga izchil va aniq rivojlanish rejasini taqdim etadigan murabbiy kerak va Rangnik aynan shunday murabbiy bo‘lishi kutilyapti.

So‘nggi yillarda Rangnik ko‘plab intervyular berdi, ularda boshqa narsalar qatori "Manchester Yunayted" futbolchilari haqida gapirdi. Misol uchun, o‘tgan yili u Lyuk Shouga unchalik yoqimli bo‘lmagan tavsif berdi:

"Menimcha, “Manchester Yunayted”ga yangi chap qanot himoyachisi kerak. Ha, ularda Lyuk Shou bor, lekin u shunday klub standartlariga javob beradigan darajaga qaytishga qodirmi yoki yo‘qmi, ishonchim komil emas".

Rangnik Lyukning o‘tgan mavsumi va Shou ajoyib bo‘lgan Yevro-2020 musobaqasiga aytgan edi, yuqoridagi gapni, ammo bu mavsumda angliyalikning o‘yini yana pasayib ketdi. U, shubhasiz, qanot himoyachilariga hujum qilishni yaxshi ko‘radigan Ralfni hayratda qoldirish uchun o‘z sport formasini tiklashi kerak.

Sulsher hukmronligining asosiy qurbonlaridan biri zaxira o‘rindig‘iga mixlangan Donni van de Bek bo‘lib, u bilan ko‘pchilik allaqachon aqlan xayrlashgan edi. Ammo Rangnik futbolning tabiati va ayniqsa Donnining o‘ynash qobiliyatiga boshqacha qarashi mumkin.

Sulsherda 4-2-3-1 sxemasida van der Bek uchun joy yo‘q edi, ammo Rangnik 4-3-1-2, 4-4-2 yoki 4-2-2-2 dan foydalanadi.

Ushbu taktikalarning har biri futbolchi uchun yangi imkoniyatlarni va’da qiladi. Donnini "Nyukasl"ga sotib yuborishga shoshilmang. Rangnik birinchi bo‘lib bu transferni to‘sib qo‘ysa, hayron bo‘lmayman.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:31, 03.12.2021.
O'qildi: 5396 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.