Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-0 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-0 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Boks. O‘zbekiston chempionatida ilk marotaba 8 nafar xorijiy hakam faoliyat olib boradi

Boks. O‘zbekiston chempionatida ilk marotaba 8 nafar xorijiy hakam faoliyat olib boradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston boks federasiyasi boks hakamlari va rasmiylari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqqan. Strategiyaga binoan, 5-6 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘zbekistonlik hakamlar uchun katta seminar tashkil etilmoqda. Seminarni AIBAning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Bileskiy (Ukraina) olib borishadi. Ular shuningdek, O‘zbekiston chempionati davomida Evaluator (hakamlarni baholovchi) sifatida ishlashadi. Ya’ni, ushbu ikki mutaxassis O‘zbekiston chempionatida hakamlarimizni baholab borishadi.

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ilk marotaba xorijiy hakamlar faoliyat olib borishadi.

Unga ko‘ra, 8-14 dekabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatida quyidagi xorijiy hakamlar ishlashadi:

Luka Vadilonga (Italiya)

Ishlagan musobaqalari:

-Jahon chempionati-2017 (Germaniya)
-Evropa chempionati-2021 (Montenegro)
-Harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati-2021 (Rossiya)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)

 

Yakov Peterson (Estoniya)

-Jahon chempionati-2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi-2020 (Argentina)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)


Yashar Chinar (Turkiya)

-Olimpiya o‘yinlari-2012 (Buyuk Britaniya)
-Jahon chempionati-2017 (Germaniya)
-Jahon chempionati-2019 (Rossiya)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)

 

Emil Gurbanaliyev (Ozarbayjon)

-Ayollar o‘rtasida JCH-2018 (Hindiston)
-Jahon chempionati-2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi-2020 (Senegal)
-YOshlar o‘rtasidagi JCH-2021 (Polsha)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)

 

Dmitriy Lazarev (Ukraina)

-Ayollar o‘rtasida JCH-2018 (Hindiston)
-Jahon chempionati-2017 (Germaniya)
-YOshlar o‘rtasidagi JCH-2021 (Polsha)
-Olimpiada saralashi-2020 (Argentina)

 

Jamilya Borkoyeva (Qirg‘iziston)

-Ayollar o‘rtasida JCH-2018 (Hindiston)
-Osiyo chempionati-2019 (Tailand)
-Ayollar o‘rtasida JCH-2019 (Rossiya)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)

 

Mokretari Sidali(Jazoir)

-Jahon chempionati-2017 (Germaniya)
-Ayollar o‘rtasida JCH-2018 (Hindiston)
-Do‘stlik o‘yinlari-2018 (Avstraliya)
-Ayollar o‘rtasida JCH-2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi-2020 (Buyuk Britaniya, Fransiya, Iordaniya)
-Olimpiya o‘yinlari-2020 (Yaponiya)

 

Vilfredo Vaskes (Kuba)

Panamerika o‘yinlari-2019 (Peru)
-Olimpiada saralashi-2020 (Buyuk Britaniya, Fransiya)
-Tokio-2020 (Yaponiya)

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 20:14, 03.12.2021.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.