Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APL. «Liverpul» 94-daqiqada g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

APL. «Liverpul» 94-daqiqada g‘alabani ilib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 15-turi doirasida bir nechta o‘yinlar yakuniga yetdi. «Liverpul» safarda «Vulverxempton» klubi mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar mazkur o‘yinda 90 daqiqa davomida butun jamoa bo‘lib himoyalanishdi. Mersisaydliklar esa ularning mudofaasini yorib o‘tishga qiynalishdi. Shunga qaramay, Klopp jamoasi bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratishdi, ammo so‘nggi pallada ularga omad yetishmadi.

Faqatgina ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada David Origi raqib darvozasiga yo‘l topib, "Liverpul" qutqaruvchisiga aylandi.

"Liverpul" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 34taga yetkazib, "Chelsi"ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan holda bir necha soatga bo‘lsa-da 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 15-tur
Vulverxempton – Liverpul 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90+4 Origi.
Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Koudi, Saiss, Kilmen, Ait-Nuri (Xuver, 90), Dendonker, Ruben Nevesh, Xvan Xi Chxan (Moutinyu, 79), Ximenes, Traore (Trinkau, 88).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson (Origi, 68), Tiago Alkantara, Fabinyo, Salax (Milner, 90), Mane, Diogu Jota (Oksleyd-CHemberlen, 82).
Ogohlantirishlar: Dendonker (26), Fabinyo (62), Robertson (66), Ximenes (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:55, 04.12.2021.
O'qildi: 3619 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.