Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Boks. Poytaxtimizda hakamlar faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan katta seminar boshlandi

Boks. Poytaxtimizda hakamlar faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan katta seminar boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston boks federasiyasi hakamlar va musobaqa rasmiylari faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yangi strategiya ishlab chiqdi.

Ushbu loyiha doirasida hakamlik bo‘yicha tanlov e’lon qilindi, yurtimizga AIBAning tajribali instruktorlari taklif qilindi, shuningdek, O‘zbekiston chempionatida ishlash uchun barcha qit’adan 8 nafar uch yulduzli hakamlar yurtimizga yetib kelishmoqda.

Bugun mazkur strategiya doirasida hakamlar uchun katta seminar tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ochib berdi. Bosh kotib o‘z chiqishida hakamlikni rivojlantirish dolzarb masala ekanligi, ushbu yo‘nalishni rivojlantirmay turib, yosh va iste’dodli bokschilarni seleksiya qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston boks federasiyasi xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Shohid Tillaboyev hakamlar faoliyatini rivojlantirishga oid strategiya mazmuni bilan tushuntirdi. U shuningdek, bugungi seminarni olib borish uchun yurtimizga kelgan AIBAning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Shotlandiya) va Igor Bileskiy (Ukraina)ni tanishtirdi. Shuningdek, hakamlik yo‘nalishini rivojlantirish strategiyasidagi loyihalar haqida gapirib berdi.

Shundan so‘ng seminar instruktorlari so‘zga chiqib, tashkil etilayotgan seminar bo‘yicha o‘z rejalari haqida gapirib o‘tishdi.

So‘ngra Shohid Tillaboyev tomonidan strategiya taqdimoti ishtirokchilarga namoyish etildi. Unda yo‘lga qo‘yilayotgan tizim, ishni olib borish va boshqa masalalar tushuntirib berildi.

Unga ko‘ra, endilikda boks hakamlari uchun "TOP-10" reyting tizimi shakllantiriladi. Ushbu reyting ayni paytda yurtimizda bo‘lib turgan neytral, horijiy instruktorlar tomonidan tuziladi. Seminardagi imtihon yakunlari va O‘zbekiston chempionatidagi ishtirokiga qarab, hakamlar uchun reyting shakllantiriladi. Eng kuchli o‘n nafar referi esa O‘zbekiston boks federasiyasi tomonidan rag‘batlantirib turiladi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, jang natijasini baholashda atayin noholislikka yo‘l qo‘ygan hakamlarga nisbatan choralar kuchaytirilishi alohida qayd etildi.

Shotlandiyalik Endryu Koulfildning ma’ruzasi orqali o‘zbekistonlik hakamlar o‘zlari uchun zarur va qimmatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.

Seminar ertaga ham davom ettiriladi. Unda ishtirokchilar uchun imtihonlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 18:39, 05.12.2021.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.