Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

“Universal” sport majmuasida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Xabaringiz bor, bu yilgi mamlakat birinchiligi avvalgilaridan tubdan farq qilmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, terma jamoamizning murabbiylar shtabi va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Prezidentimizning sportchilarimizga yo‘llagan motivasion nutqlari o‘rin olgan videorolik, lazer-shou, Shotlandiya va Ukrainadan tashrif buyurgan ekspertlar, hakamlar qasamyodi ochilish marosimining e’tiborli voqeliklaridan bo‘ldi. Hakamlar nomidan, boks bo‘yicha ilk Olimpiada sovrindorimiz, Atlanta-1996 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, hozirda referelik qilayotgan Karim To‘laganov bahslarni halol va shaffof boshqarib borishga qasamyod qildi.

Ayni paytda musobaqada saralash bellashuvlari davom etmoqda. Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan chempionatda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 350 nafar bokschi g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:01, 09.12.2021.
O'qildi: 1759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.