Chempionlar ligasida kuzning eng yaxshi futbolchilari.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi kecha Bergamoda bo‘lib o‘tdi va boqichga yakun yasaldi. Stadion.uz nashri eng yaxshi, deya hisoblagan futbolchilardan ramziy jamoa tuzib chiqdi.
Darvozabon
Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya)
"Real Madrid" maydonda dominant futbol o‘ynamaydi va mukammal himoyaviy o‘yin bilan maqtana olmaydi, lekin 6 o‘yinda atigi 3 ta gol o‘tkazib yubordi. Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natija "Bavariya" bilan teng. Ammo Manuel Noyerda har bir o‘yinda o‘rtacha 1,8 seyv bo‘lsa, Tibo Kurtua 3,7 ta seyvga ega. "Buyuk Belgiya devori" "Real Madrid" o‘yinchilariga o‘zlarini ishonchli his qilishida katta rol o‘ynadi.
Himoyachilar
Rasmus Kristensen ("Zalsburg", Daniya)
U Daniya terma jamoasida Yevro-2020da o‘ynamagan, ammo kuzda terma jamoaga chaqiruvlar bo‘la boshlagan. Kuchli va chaqqon Rasmus himoya qanotida kuchli taassurot qoldirdi, undan o‘tib ketish deyarli van Deykdan o‘tish bilan barobar. Chempionlar ligasida Kristensen o‘zining ajoyib himoyaviy o‘yini bilan yodda qoldi, Avstriya chempionatida ham u muntazam ravishda gol uradi.
Sebastyan Koates ("Sporting", Urugvay)
Koates bilan va Koatessiz "Sporting" ikki xil jamoaga aylanadi. Sardor maydonda bo‘lganida "sherlar" 4 o‘yinda 3 ta gol o‘tkazib, 9 ochko jamg‘argan va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Sebastyansiz - ikkita mag‘lubiyat va to‘qqizta o‘tkazib yuborilgan gollar. Haqiqiy yetakchi va juda sifatli himoyachi Urugvaydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Liverpul"ga o‘tgani bejiz emas. Agar unda jarohatlar bo‘lmaganida edi hali ham APLda o‘ynayotgan bo‘lishi mumkin edi.
Dayot Upamekano (“Bavariya”, Fransiya)
Yulian Nagelsmann bilan "RB Leypsig"dan "Bavariya"ga ko‘chib o‘tdi, bu esa moslashishni osonlashtirdi, garchi formaga kirish uchun vaqt kerak edi. Vaholanki, Chempionlar ligasida Upamekano barcha o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tkazdi, 23 yoshli futbolchi o‘z qobiliyatiga shunchalik ishonadiki, go‘yo u o‘nlab yillardan beri «Bavariya» himoyasi markazida o‘ynab yurgandek.
Joau Kanselu ("Manchester Siti", Portugaliya)
"Manchester Siti"ning Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqishida jamoaviy o‘yin asosiy rol o‘ynadi. "Manchester Siti" jamoasida o‘yinchilarni alohida ajratib ko‘rsatish tobora qiyinlashmoqda, shaharliklar jamoasi butun boshli mexanizm kabi ishlaydi. Lekin Kanselo bu kuzda barcha o‘yin va turnirlarda ajoyib ko‘rinyapti.
Yarim himoyachilar
Jordan Xenderson (“Liverpul”, Angliya)
"Liverpul" UYEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 6ta o‘yindan 6tasida g‘alaba qozongan birinchi ingliz klubi bo‘ldi va "qizillar" o‘z maydonida "Milan" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, g‘alabali seriyani boshladi, Xenderson o‘sha o‘yinda hal qiluvchi golni urdi. Klopp boshqaruvidagi “Liverpul”ni Jordanszi tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Marselo Brozovich (“Inter”, Xorvatiya)
Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ladigan jamoa tarkibida, albatta, bir xorvatiyalik futbolchi bo‘lishi kerak. Brozovich va Perishich esa "Inter"ga g‘alaba qozonish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Marselo har safar maydonga tushganida jamoaviy o‘yin boshqotirmalarini birlashtirgan yigit 92% aniq uzatmalarga ega.
Hujumchilar
Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr)
Gollar futbolchi uchun gapiradi. Saloh Angliya premyer-ligasining birinchi davrasidagi eng yaxshi futbolchisi. Chempionlar ligasida ham u muntazam ravishda gollar bilan o‘zini eslatib turadi. Saloh 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Uning aralashuvisiz «Liverpul» pley-offga osonlikcha chiqa olmasdi.
Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted" Portugaliya)
Ronalduning gollarisiz "Manchester Yunayted" umuman guruhdan chiqa olmasdi, bu o‘tgan yili "qizil iblislar" bilan sodir bo‘lgandi. Krishtianuning 6 goli mankunianliklarga uchta g‘alaba va durang keltirdi. U natijaga ajoyib ta’sir ko‘rsatdi va o‘yin muammolari va boshqaruv inqiroziga qaramay "MYU"ni 1/8 finalga olib chiqdi.
Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha)
Robert guruh bosqichida 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga ega bo‘lib, so‘nggi o‘yinda faqat "Barselona" darvozasini ishg‘ol eta olmadi, lekin do‘sti Myullerga o‘zini assistentlik qildi. "Bavariya"ning 22 ta golidan (guruh bosqichidagi eng yaxshi natija) 11 tasida Levandovski bevosita ishtirok etgan.
Sebastyen Aller ("Ayaks", Kot-d'Ivuar)
Ajablanarlisi, lekin haqiqat: Chempionlar ligasi qishki tanaffusiga Robert Levandovski to‘purar bo‘lib chiqib ketmadi. Guruh bosqichidagi oltita o‘yinning har birida gol urgan futbolchi umumiy 10 bor raqiblarni ranjitdi. Kot-d'Ivuarlik hujumchi Chempionlar ligasida debyut mavsumini o‘tkazmoqda, ammo umuman yangi o‘yinchiga o‘xshamaydi.