Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

O‘FA rahbariyati va Superliga klublari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FA rahbariyati va Superliga klublari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA rahbariyati va klublar vakillari o‘rtasida video-anjuman bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida O‘FA birinchi-vise prezidenti Ravshan Ermatov barchani milliy ramzimiz — madhiyamizning 29 yilligi bilan tabrikladi. Jahon maydonlarida madhiyamizning yangrab turishi har bir sportchi uchun katta kuch va motivasiya berishini e’tirof etdi.

Kun tartibiga ko‘ra, milliy chempionatimizda to‘p suradigan klublarning keyingi yilgi moliyalashtirish jarayonini to‘g‘ri yo‘naltirishga doir masalalar muhokama etildi.

Yillar davomida ko‘p klublar bir kun bilan yashadi. Biz bir kun emas, balki klubning uzoq yillik kelajagini o‘ylagan holda reja qilishimiz zarur . Moliyalashtirish tizimi ertani va rivojlanishni o‘ylagan holda maqsadli bo‘lishi va eng avvalo har bir klub zamonaviy sport infratuzilmasiga ega bo‘lishini nazarda tutishi kerak”, dedi Ravshan Ermatov.

Xabaringiz bor, Superliga hamda Pro ligada ishtirok etayotgan klublarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-sonli qaroriga muvofiq professional futbol klublarining yillik moliyalashtirishni maqsadli yo‘naltirish O‘FA tomonidan nazorat qilinishi belgilangandi. Unga ko‘ra, barcha futbol klublari 2022 yilgi xarajatlar rejasi loyihasini ishlab chiqib, O‘FAga taqdim etishi ko‘zda tutiladi.

Yig‘ilishda O‘FA va O‘zPFL vakillaridan tashkil etilgan mutaxassislar guruhi klubning yillik rejasida bir qancha yo‘nalishlar aks etishi lozimligi borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tishdi. Xususan, stadion va maydon parvarishi, akademiya hamda o‘quv-mashg‘ulot qarorgohini tashkil qilinishi, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek turli yosh toifasidagi jamoalarning musobaqalardagi ishtirokini xarajatlari o‘rin olgan bo‘lishi kerakligi belgilandi.

Bu jarayon aksariyat klublarda uzoq yillardan buyon yechim topmay kelayotgan infratuzilma bo‘yicha kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgani tushuntirildi. Shuningdek, yig‘ilishda klub vakillari tomonidan ko‘tarilgan mavzular yuzasidan O‘FA mutaxassislari tomonidan javob berib o‘tildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:06, 10.12.2021.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик