Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Enfild»ga yo‘l. Afsona qaytmoqda

«Enfild»ga yo‘l. Afsona qaytmoqda

Baho:
+ | -

Stiven Jerrard «Liverpul» safidagi 710ta uchrashuv bilan klub muxlislari ko‘z-o‘ngida unutilmas va sevimli nomga aylangan. U nafaqat bir klubda, balki butun dunyoda ma’lum va mashhur, qolaversa, hurmatga sazovar insondir. Jerrard uzoq yillik faoliyati davomida APLni yuta olmagan. Ammo dunyo sahnida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan. Ayniqsa, o‘sha kecha, «Otaturk Stadioni»dagi bahs umrbod barchaning qalbida yashaydi. Shundan beri mana, 16 yil vaqt o‘tdi. Biroq «Milan» muxlislari hali-hamon mag‘lubiyatga ishonishmaydi. Hali ham o‘z-o‘ziga savol berishdan charchashmaydi: nega? qanday qilib?

Negaki, «rossonerilar» o‘sha finalning birinchi bo‘limidan keyin(3-0) kiyinish xonasida bayramni juda juda erta boshlab yuborgan edi. Bu esa o‘ta katta, ta’bir joiz bo‘lsa, halokatli xato bo‘lgan. Stiven Jerrard o‘z jamoasi bilan iroda namoyish etadi va g‘alaba qozonadi. U sheriklari bilan o‘sha davrda «quturib borayotgan» «Milan» tarkibiga qarshi o‘ynagan. Unda Dida, Kafu, Paolo Maldini, Alessandro Nesta, Kaka, Andrey Shevchenko, Klarens Zeedorf hamda Andre Pirlo kabi nomlar bor edi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda 3ta gol urishni eplay olgan jamoa, ekstra bo‘limlarda ham darvozasidan ortiq gol o‘tkazib yuborishmaydi. Penaltilar seriyasida esa raqib tor-mor keltiriladi. To‘g‘ri, bu voqeaga ancha bo‘lgan. Ammo uning dovrug‘i hech qachon unutilmaydi.

Keling, Jerrard bilan bog‘liq yana bir voqeani eslaylik. 2006 yilgi mamlakat kubogi finali. Unda «Vest Xem» hamda Jerrard sardorligidagi mersisaydliklar Kardiff shahridagi «Millenium» stadionida to‘qnash kelishadi. O‘yin murakkab, «Liverpul» 28 daqiqaning o‘zidayoq 2-0 hisobida ortda qolayotgan edi. Shunday ssenariy davom etayotgan bir paytda, 32 daqiqada Stiven o‘z sherigi Jibril Sisseni to‘p bilan ta’minlaydi va hisob qisqaradi. Ikkinchi bo‘lim boshlanadi. 54 daqiqada Jerrard muvozanatni tiklaydi(U 54 raqami bilan yaxshi kelishadi. Chunki bir yil oldin «Milan»ga ham aynan shu daqiqada gol kiritgan). O‘yin ekstra vaqtga o‘tadi va yakunda Jerrard va Rafa Benites jamoasi g‘olib chiqadi.

O‘zi, umuman olganda, Jerrard doimo jamoasini qutqaruvchi vazifasida himoya qilgan. Masalan, o‘sha Istanbulda chempion bo‘lgan yilda ham, guruh bahslarida Jerrardning qo‘shib berilgan vaqtdagi kiritgan goli, «Liverpul»ni pley-offga olib chiqqan edi. Keyin nimalar sodir bo‘lganini esa, hamma biladi! Stivi G mukammal yarim himoyachi edi. Moslashuvchan va ko‘p vazifalarni bajara olishi, uning o‘yinlariga chiroy va barqarorlik baxsh etardi. U gol urar, golli vaziyatlar yaratar, raqib hujumini bartaraf qilar, himoya va hujumni bog‘lab berar va eng asosiysi, jamoasiga yetakchilik qilardi. Xullas, uning uzoq yillik faoliyat yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Biz bugun Jerrardning o‘yinlarini nafaqat Kardiffda yoki Istanbuldagi qahramonligi sabab, balki butun futbol dunyosiga bergan yorqin lahzalari uchun ham hurmat bilan eslaymiz.

Uning bir klubdagi umumiy statistikasi quyidagicha:

- 710ta o‘yin;

- 185ta gol;

- 150ta assist;

- 11ta sovrin.

Bugungi kunda u «Aston Villa»ga murabbiylik qilmoqda. Ertaga esa o‘z sevimli o‘yingohi bo‘lmish «Enfild»ga qaytadi. Bundan 23 yil ilgari, 1998 yil 29-noyabrda ilk bor qadam qo‘ygan maydoniga qaytadi! Biroq bu qaytish mersisaydliklarga qarshi, ularni mag‘lubiyatga uchratish uchun bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Stiven Jerrardning «Liverpul»ga kelishi nafaqat klub muxlislari uchun, balki butun futbol ommasiga ham qiziq. Biz esa bu voqeani kutib qolamiz.


«Liverpul» - «Aston Villa». 11- dekabr, 20:00(Toshkent vaqti).

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:11, 10.12.2021.
O'qildi: 5298 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.