Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Formula-1. Maks Ferstappen 2021 yilgi mavsumning so‘nggi poygasida afsonaviy Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, jahon chempioniga aylandi

Formula-1. Maks Ferstappen 2021 yilgi mavsumning so‘nggi poygasida afsonaviy Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, jahon chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

BAAning Abu-Dabi shahrida Formula-1 bo‘yicha 2021 yilning mavsumning so‘nggi poygasi o‘tkazildi.

Unda «Red Bull» poygachisi Maks Ferstappen so‘nggi aylanada «Mercedes» piloti Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, chempionga aylandi. Qizig‘i poyga davomida Hemilton katta ustunlik bilan oldinda borayotgandi, biroq bolidlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin hammasi o‘zgarib ketdi va niderlandiyalik poygachi bundan unumli foydalandi.

Shu tariqa Ferstappen ilk bor Formula-1 chempioniga aylandi. Yetti karra chempion Hemilton esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.

Qayd etish kerak, mavsumning so‘nggi poygasi oldidan Ferstappen va Hemiltonning ochkolari mutlaqo teng edi (369,5). Bu holat musobaqa tarixida 47 yildan beri kuzatilmagandi.

2021 yilgi mavsum kuchli o‘nligidan joy olgan poygachilar:

1. Maks Ferstappen («Red Bull») – 58 aylana
2. Lyuis Hemilton («Mercedes») +2,256
3. Karlos Sayns («Ferrari») +5,173
4. Yuki Sunoda («AlphaTauri») +5,692
5. Per Gasli («AlphaTauri») +6,531
6. Valtteri Bottas («Mercedes») +7,463
7. Lando Norris («McLaren») +59,200
8. Fernando Alonso («Alpine») +1.01,708
9. Esteban Okon («Alpine») +1.04,026
10.SHarl Lekler («Ferrari») +1.06,057

Shu bilan Hemilton Mixael Shumaxerning rekordini yangilash imkoniyatini bu safar qo‘ldan chiqardi. 2020 yilda sportchi Turkiya gran-prisidagi g‘oliblik evaziga yettinchi chempionlikni qo‘lga kiritgan va afsonaviy Shumaxerning rekordini takrorlagandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:30, 12.12.2021.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик