Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Yovvoyi futbolchilar beshligi

Yovvoyi futbolchilar beshligi

Baho:
+ | -

O‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, futbolda qo‘polliklar juda ko‘p uchrardi. Ataylab oyoqqa o‘ynaydiganlar u paytlari aslo kam emas edi. Hozir esa VARning paydo bo‘lgani, hakamlarning juda sinchkovligi va sportchilarning noziklashib ketayotgani bois “yirtqich“ futbolchilar “Qizil kitob“ga kiritilmoqda. Biz shu fursatdan foydalanib, faoliyatini yakunlagan eng qo‘pol va janjalkash futbolchilar beshligini tuzib chiqdik. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin.

 

5. Antonio Kassano


Italiyalik mashhur forvard Antonio Kassano futbol tarihidagi eng og‘ir xarakterli futbolchiladan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida Kassano murabbiyning xarakatiga taqlid qilayotganda qo‘lga tushgan. Shuningdek, maydondan chetlatilgan payti hakamga futbolkasini uloqtirgan. O‘yin paytida ko‘p g‘azablangan, murabbiylarga etiroz bildirgan va yechinish honasida ko‘p bora janjallar chiqargan. Ko‘p. Juda ko‘p. Shuningdek, italiyalik jurnalistlar futbolga zid bo‘lgan harakatlarga nisbatan «Kassanata» iborasini qo‘llashgan. Bu ibora mashhur mutaxassis Fabio Kapello tomonidan o‘ylab topilgan.

4. Kevin Muskat

Ushbu ro‘yxatdagi ko‘plab futbolchilar, tajovuzkor bo‘lishsa-da, o‘ziga hos usulda aqldan ozishar edi, ammo Muskat umuman bunday emas edi. Uning qilgan ishlariga nisbatan jirkanch va nafratlanarli jumlalarini qo‘llasa bo‘ladi, qilgan ishlarini esa shunchaki zo‘ravonlik desa bo‘ladi. Faoliyati davomida 123 bor sariq, 15 bor qizil olgan futbolchiga yana qanday baho bersa bo‘ladi. U hatto bir bahsda raqib jamoa murabbiyi bilan ham mushtlashib ketgan. Shuningdek, Muskat o‘zining xayrlashuv o‘yinida ham 2 ta sariq kartochka olib maydonni tark etadi. OAV tomonidan o‘tkazilgan bir so‘rovnomada, Muskat eng yoqimsiz inson nominisiyasida sezilarli farq bilan g‘alaba qozonadi. Xo‘sh, sizga bir savol bilan yuzlanaman : u bilan futbol o‘ynagan bo‘larmidingiz? Men esa yo‘q.

3. Pol Gaskoyn

Avvalombor u haqida bo‘lgan bir voqeani eslab o‘tsak. U 2016 yilda Londondagi mehmonhonalardan birida mast holatda janjal chiqaradi. Irqchilikga oid so‘zlar ishlatib, so‘kinib mehmonxonani boshiga ko‘taradi. So‘ngra mehmonxonaga tashrif buyurganlardan biri va futbolchi o‘rtasida nizo kelib chiqib bu oxiri janjal bilan tugaydi. Natija Gaskoyn zinadan uloqtirib yuborildi va bosh-miya jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Menimcha, u qilgan ishiga yarasha olgan.
U qanchalik, xarizmatik va janjalkash bo‘lmasin, aslida iste’dodli futbolchi bo‘lgan. U faoliyati mobaynida «Nyukasl», «Midlsbro», «Everton», «Tottenxem», «Lasio» va «Reynjers» kabi klublarda to‘p surgan.

2. Roy Kin

Aslida, afsonaviy futbolchilar qatorida yodga olinadigan Kin, o‘ta badfel va o‘zgaruvchan shahs edi. Uning Irlandiya bosh murabbiyini haqoratlagan intervyusi esa o‘ta g‘aroyib edi. U murabbiyga qarata: “Men sizni o‘yinchi sifatida tan olmayman, menejer sifatida ham hurmat qilmayman va sizni shaxs sifatida nolga baholayman", – deb uni haqorat qilgan.

Shuningdek, zamonamiz yulduzi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland ham undan jabr ko‘rganlar qatorida. Voqea bunday bo‘lgan.
1997/98 yilgi mavsumda Holand Roy Kinga jarohat yetkazadi, lekin u Kinni simulyasiya qilyapti, deb gumon qilib, uning tepasida turib, yomon gaplar bilan haqorat qila boshlaydi. Roy Kin deyarli bir yil futbol o‘ynay olmaydi. Ammo oradan 4 yil vaqt o‘tadi va u "dushmani" bilan yana maydonda to‘qnash keladi. Roy qasosini oladi. Kin ataylab raqibiga jarohat yetkazdi.

“Men buni to‘rt yil kutgandim. Maydonga tushganimda hech narsa bilan ishim yo‘q edi, ko‘zlarim bilan uni qidirdim. Nihoyat biz to‘qnash keldik. U ingrab yotganida tepasiga bordim va to‘rt yil oldingi voqeani eslatdim. «Bundan keyin Roy Kin yiqilib yotganida simulyasiya haqida og‘iz ochmaydigan bo‘lding» dedim”, – deya futbolchining o‘zi bu vaziyatga izoh beradi.
Menimcha, u haqida yetarlicha xulosa qildingiz. Uni yovvoyi tabiatli odam, yoki odam qiyofasidagi yovvoyi deb atasak bo‘ladi.

1. Erik Kantona

1995 yilda butun dunyo sport nashrlarining muqovasini Erik Kantonaning surati bezadi. Unda fransiyalik futbolchi "Kristal Pelas" jamoasi muxlisiga kung-fu uslubida zarba berayotgan holatda tasvirlangandi.
To‘langan jarimalar, chetlatishlar va 120 soatlik ahloq tuzatish ishlaridan keyin Kantona maydonga qaytib, yana o‘z futbolini namoyish qilgani holda «qizil iblislar»ga Angliya kubogini olib berdi.

Uning xarakteri haqida gapirsak, u juda og‘ir harakterli edi, ko‘plab jamoalarda to‘p tepgan futbolchi ko‘p marotaba o‘z jamoadoshlari bilan mushtlashgan, rahbariyat shaniga toshlar otgan. U bir necha bor futboldan ma’lum vaqtga chetlatilgan.


Ha, bunday tipdagi futbolchilar muxlislarga juda yoqavermasa-da, biroq maydonda shou ko‘rishni istaydiganlar ham topilib qolardi. Hozir ham ayrim tomoshabinlar, hatto maydondagi o‘yinchilar bilan mushtlashib ketishga tayyor turishadi. XX asr oxirlarida futbol o‘ynash juda qo‘rqinchli edi. Ba’zilar o‘sha paytda futbolni tanlagan yoshlarga nisbatan “yo o‘lasan, yo sinasan“, –deya bu yo‘ldan qaytarishgan ekan. Buyog‘ini endi o‘zingiz tasavvur qilib olavering.


Xudayqulov Karim tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:21, 12.12.2021.
O'qildi: 6428 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.