"Arsenal"ning "Marsel"dagi futbolchisi Uilyam Saliba yana Londonga qaytish niyatida. Turli xil manbalar himoyachini Fransiyada qolishi haqida yozayotganiga qaramasdan 21 yoshli futbolchi "Arsenal"ga qaytish niyatida.
U 2019 yilda 27 million funt evaziga "Sent-Etyen"dan xarid qilingan edi. Ammo mana uch mavsumki, ijarada harakat qilmoqda. Saliba hozirda "Marsel"ning asosiy futbolchisiga aylangan. U bu mavsumda jami 21 marta maydonga tushirilgan.