Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Boks va og‘ir atletika Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarildi. AIBA darhol islohotlarni boshlab yubordi

Boks va og‘ir atletika Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarildi. AIBA darhol islohotlarni boshlab yubordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks, og‘ir atletika va zamonaviy beshkurash musobaqalari Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqariladi.

Qayd etilishicha, mazkur uch sport turi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mi tomonidan 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturining dastlabki ro‘yxatiga kiritilmagan.

Biroq bu boks, og‘ir atletika va beshkurashning olimpiya o‘yinlari tizimidan to‘laligicha chiqarilganini anglatmaydi. Ularda hali o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun imkoniyat bor, buning uchun federasiyalar islohotlar o‘tkazishi va kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.

Xususan, AIBA (endilikda IBA) moliyaviy shaffoflikni ta’minlashi va hakamlarni tayinlash jarayonini o‘zgartirishi kerak. IWF’dan (og‘ir atletika federasiyasi) esa mustaqil antidoping dasturini taqdim etishi talab etiladi. Shuningdek, besh kurash musobaqalariga ham yangi o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Mazkur sport turlarining Olimpiya o‘yinlari dasturiga qaytarilishi 2023 yilda XOQ tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.

Ushbu xabarlardan keyin Xalqaro boks federasiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi va unda tashkilot nizomidagi boshqaruv islohotiga qaratilgan o‘zgartirishlar bir ovozdan qabul qilindi. Tashkilot nomi ham rasman AIBA’dan IBA’ga o‘zgartirildi, deb yozmoqda Allboxing.

Bundan buyon IBA kongresslari har yili o‘tkaziladi. IBA direktorlar kengashi a’zolari soni 18 nafargacha qisqartiriladi, nomzodlarni tanlash mezonlari kuchaytiriladi va tekshirish jarayoni yanada samarali bo‘ladi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi mustaqil ekspertlarning IBA faoliyatiga doir hisobotlari va tavsiyalarini ijobiy baholadi. Va federasiyaga amal qilishi kerak bo‘lgan shartlarni aytib o‘tdi. Agar shularga amal qilinsa, tashkilot 2023 yilda o‘z o‘rnini qaytarib olishi mumkin.

Biroq hozircha XOQ boksni 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritmagan, uning kiritilishi ham IBA’ning ushbu shartlarga amal qilishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:00, 15.12.2021.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.