Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Qahramon Aslanov maqolasi: «Manchester Siti» nima uchun «Lids»ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi?

Qahramon Aslanov maqolasi: «Manchester Siti» nima uchun «Lids»ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi?

Baho:
+ | -

“Manchester Siti”ning “Lids” ustidan o‘ta yirik hisobdagi (7:0) g‘alabasi kuchlar muvozanati nuqtai nazaridan anormal ko‘rinishi mumkin bir qaraganda, aslida esa, unday emas. Anormallik boshqa joyda. Gvardiola jamoasi har doimgidan boshqacha o‘yin ko‘rsatmadi, “Lids” “Siti”ning avvalgi raqiblaridan ko‘ra kuchsizroq emasdi.

Bu yerda normal bo‘lmagan narsa boshqa – “Manchester Siti”ning vaziyatlardan foydalana olgani. Shu xolos. Aslida “Siti” deyarli har o‘yinda mana shuncha miqdorda xavfli vaziyat yaratadi, ammo bu safargi yirik hisobning sababi, bu safar o‘sha vaziyatlar kutilganidan ko‘proq golga aylandi.

XG degan ko‘rsatkich bor – darvozaga berilgan zarbalarning xavflilik darajasi koyeffisentda aks ettirilib, to‘planib boriladi. Aytaylik, uzoqroqdan zarba berilsa, ushbu zarbaning XG ko‘rsatkichi 0.12 bo‘lishi mumkin. Ochiq darvozaga, yaqinroqdan ijro etilgan zarba XG da 0,90, ya’ni deyarli 1 ga yaqin baholanishi mumkin va hokazo.

Xullas, “Manchester Siti” “Lids”ga qarshi o‘yinda XG bo‘yicha 2.3 ochko to‘plagan. Gollar soni esa 7. Ya’ni urilgan gollar soni XG orasidagi farq 4.7 ni tashkil qilmoqda. Bu vaziyatlardan foydalanishda o‘ta yuqori ko‘rsatkichni anglatadi. Bu darajadagi farq masalan, oxirgi marta besh yil oldin APL da kuzatilgan ekan.

“Manchester Siti” ushbu mavsumda avvalgi 16 o‘yinning 8 tasida, ya’ni teng yarmida XG bo‘yicha kechagi o‘yindan kattaroq ko‘rsatkich qayd etgan. Hatto o‘tgan turdagi “Vulverhempton” (1:0), ikki hafta oldingi “Vest Hem” (2:1), mavsum boshidagi “Lester”ga (1:0) o‘yinlarda “shaharliklar” kechagi o‘yindan ko‘ra ko‘proq XG qayd etishgan, ya’ni ko‘proq xavfli vaziyat yarata olishgan.

Agar foiz hisobida “Lids” bilan o‘yin XG si va “Uotford” bilan o‘yinnikini (3.05) solishtirsak, “Siti” agar vaziyatlardan kechagidek foydalanganda, “Uotford” darvozasiga 9 ta gol urishi kerak edi. "Brayton"ni 10:1, “Arsenal”ni esa, 12:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishi lozim bo‘lardi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 12:29, 15.12.2021.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик