Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

Amerikalashayotgan APL. AQSH kompaniyasi “Lids”ni sotibolmoqchi

Amerikalashayotgan APL. AQSH kompaniyasi “Lids”ni sotibolmoqchi

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda ingliz klublari bozorda juda chaqqon. Oktyabr oyida Saudiya Arabistoni investisiya fondi “Nyukasl”ni sotib oldi. Noyabr oyida chexiyalik milliarder Daniel Kretinski “Vest Xem”ning 27 foiz aksiyasini sotib oldi. Keyingi o‘rindan “Lids” joy oldi. Bu boy tarixga va katta muxlislar armiyasiga ega klub. “Oqlar” jamoaning o‘yinidan qat’i nazar, doimo muxlislar e’tiborida. Shuningdek, murabbiy Marselo Byelsaning ham figurasi bor.

 

“Lids”ning asosiy aksiyadori italiyalik tadbirkor Andrea Radrissani hisoblanadi. U sport, texnologiya va media loyihalariga sarmoya kirituvchi “Aser Venture” kompaniyasi boshqaruvi raisi hisoblanadi. 2017 yil boshida Radrissani “Lids”ning 50 foizini boshqa italiyalik Massimo Chellinodan sotib oldi. Chellino hozirda “Breshiya” egasi hisoblanadi. O‘sha yilning may oyida Andrea klubni o‘sha paytda 18 oyga futbol faoliyatidan chetlashtirilgan hamyurtidan sotib oldi.

 

“Lids”ni sotib olish Radrissaniga 45 million funt sterlingga tushdi. Biroq italiyalik uzoq vaqt davomida “oqlar”ning yagona egasi bo‘lmadi. 2018 yilda u Amerikaning “49ers Enterprises” kompaniyasiga 10% ulushini sotdi. Tomonlar bir nechta bitimlar tuzdilar va hozirda “49ers Enterprises” ingliz klubining 44% aksiyalariga egalik qiladi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, 2024 yilga borib amerikaliklar “Lids”ning to‘la huquqli egalariga aylanishi mumkin.

 

“49ers Enterprises” - AQSHda juda mashhur kompaniya. Uning shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida joylashgan. Shuningdek, u yerda “Apple”, “Google” va “Facebook” kabi boshqa taniqli kompaniyalarning bosh ofislari mavjud. “49ers Enterprises” kompaniyasi qurilish magnati Edvard Debartoloning qizi Denis Debartolo-Yorkka tegishli. Ayol hozir 71 yoshda. 1977 yildan beri uning oilasi NFLning “San-Fransisko Forti Nayners” klubiga egalik qiladi. Denis klubni 2001 yildan beri boshqarib keladi. “San-Fransisko Forti Nayners” narxi 3,5 milliard dollarga, Debartolo oilasining boyligi esa 4 milliard dollarga baholangan.

 

“Aser Venture” va “49ers Enterprises” bir muncha vaqtdan beri hamkor bo‘lib, shunga o‘xshash loyihalarga sarmoya kiritmoqda. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, dekabr oyida tomonlar 2024 yilga borib amerikaliklar “Lids”ni Radrissanidan 400 million funt sterlingga to‘liq sotib olishiga kelishib olishgan. Biroq, bu vaqtga kelib, klub qaysi darajada rivojlanishiga qarab, kelishuv summasi 475 millionga ko‘tarilgan bo‘lishi ham mumkin. Hozircha “oqlar”ning ishlari yaxshi yurishmayapti. Jamoa nisbatan zaif natijalar ko‘rsatmoqda va quyi ligaga tushib ketish zonasiga yaqin turibdi. Shunga qaramay, “Aser Venture” va “49ers Enterprises” kompaniyalari “Lids”ni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etish niyatida.

 

Radrissani ijtimoiy tarmoqlarda “The Athletic” nashrining “49ers Enterprises” bilan “Lids”ni sotish bo‘yicha kelishuviga javob berdi. Italiyalik yuqoridagilarning mohiyatini inkor etmadi. Shu bilan birga, u 2024 yilgacha hali ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini ta’kidladi. Tadbirkor o‘sha vaqtga qadar kelishuvni bekor qilishi mumkinligini ham aniq aytdi. Biroq, hozir Radrissani bundan xavotirda emas. U o‘zining so‘nggi chiqishlaridan birida Amerika kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish haqida ma’lum qildi. Bu “Lids”ga ham, umuman biznesga ham tegishli.

 

Moliyaviy ekspert Kiran Maguayrning fikricha, “49ers Enterprises” kompaniyasining kelishi klubning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. “Lids” teleradiokompaniyalardan eng ko‘p pul oladigan klublar qatoriga kirmaydi. Shuning uchun ular qo‘shimcha daromad manbalarini izlashlari kerak. Stadionni kengaytirish ham yaxshi fikr.

Qanot himoyachisi Krisensio Sammervil yaqinda bergan intervyusida “tovuslar” har bir uy o‘yiniga barcha chiptalarni sotishini aytdi. Maguayrning fikriga ko‘ra, “Lids”ni o‘sishi klubni tijorat hamkorlari uchun yanada jozibador qiladi.

 

“49ers Enterprises” boshchiligidagi “oqlar”ning sport nuqtai nazaridan rivojlanishi qanday bo‘lishi boshqa savol. Bir tomondan, Debartolo qo‘l ostida “Forti Nayners” besh marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu “Dallas Kovboyz” bilan birga ligadagi ikkinchi eng yaxshisi natijadir. Boshqa tomondan, “Forti Nayners” so‘nggi 7 yil ichida ikki marta NFL finalida o‘ynagan, ammo ular 1995 yilda oxirgi Super Boulni qo‘lga kiritishgan.

Muxlislar haddan tashqari talabchan bo‘lgan Yevropada va qo‘shimchasiga Premyer-ligada ular uchun vaziyat qanday kechishini aytish qiyin. “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Liverpul” kabi jamoalarda ham amerikalik boylarning aksiyalari bor, lekin faqat mersisaydliklar yaxshi boshqaruvga ega jamoa. Agar “49ers Enterprises”da faqatgina pul bo‘lsa, yomon. Chunki, futbolni ham sevish kerak. Angliyada esa busiz yo‘l yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:15, 15.12.2021.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.