Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Lokomotiv»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Lokomotiv»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun «Lokomotiv» PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda jamoaning Superliga va O‘zbekiston Kubogidagi ishtiroki muhokama qilinib, keyingi yil uchun rejalar belgilab olindi.

Uchrashuv chog‘ida klub rahbariyati yangi mavsumdan asosiy jamoani yosh iqtidorli mutaxassis Denis Korostichenko boshqarishini ma’lum qildi. Xabaringiz bor, portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra «Lokomotiv»ni tark etganidan so‘ng, 27 noyabr kuni Qarshida «Nasaf» bilan kechgan bahsda «temiryo‘lchilar»ni Denis Korostichenko boshqarib, mavsumning oxirgi o‘yinida jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Denis Vladimirovich Korostichenko 1986 yil 11 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2014 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Katta futboldagi faoliyatini «Oqtepa» safida o‘tkazgan. Murabbiylik faoliyatini esa 2005 yilda boshlab, dastlab Toshkent shahridagi BO‘SM-17da bolalar murabbiy bo‘lib ishlagan. 2010-2018 yillari «Bunyodkor» akademiyasida faoliyat yuritgan Korostichenko 2019 yildan beri «Lokomotiv» PFKda ishlab kelyapti.

2019 yil «Lokomotiv» U-21 jamoasida Timur Kapadzega yordam bergan Korostichenko yoshlarimizning O‘zbekiston chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi. 2020 yilning ikkinchi yarmida Timur Kapadze «Lokomotiv» asosiy jamoasini qabul qilib olgach, murabbiylar shtabiga yana Korostichenkoni taklif etdi. Yil oxirida Timur Tohirovich yangi tuzilgan «Olimpik» jamoasiga yo‘l oldi. Denis Korostichenko esa «Lokomotiv»da qolib, Mikayel Sekeyra boshchiligidagi murabbiylar shtabidan joy oldi.

Portugaliyalik murabbiy jamoani tark etgach, klub rahbariyati Denis Korostichenkoga ishonch bildirib, yosh mutaxassisni asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:00, 15.12.2021.
O'qildi: 3720 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик