Mayamining “Inter” klubi sobiq ustozi Diyego Alonso Urugvay terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda mahalliy futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Alonso bilan shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan. U Urugvay terma jamoasi boshqaruvidagi mashhur Oskar Tabaresni almashtirdi.
Ayni damda Urugvay terma jamoasi JCH-2022 uchun Janubiy Amerika saralash turnirida atigi 7-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 14 o‘yindan keyin 16 ochkoga ega.