"Yuventus" yarim himoyachisi Artur qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Turin klubi futbolchisini ijaraga berib yuborish niyatida.
Nikolo Skira bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u allaqachon "Sevilya", "Roma" va "Arsenal"ga taklif qilingan, biroq futbolchining maoshi yuqori bo‘lgani uchun barcha klublar bu taklifga rad javobini bergan. Braziliyalik "keksa sinyora"da yiliga 6 million yevro maosh oladi (bonuslarni hisobga olmaganda).
Qayd etish joiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda klub safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar amalga oshira olmadi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.