Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Styuardlarga beminnat yordam

Styuardlarga beminnat yordam

Baho:
+ | -

Muxlislar «Chelsi» va «Yuventus» ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda gol ko‘rishmadi, ammo ajoyib «tomosha» guvohiga aylanishdi. Uchrashuv davom etayotgan pallada muxlislardan biri maydonga yugurib tushdi va telefonini qo‘liga olib, kim bilandir suratga tushishni o‘yladi. Biroq styuardlar yugurib kelayotganini ko‘rgach, qochishga urindi. Shunda «Chelsi» futbolchisi Sem Kerr bir tutib, uni maydonga qulatdi va xodimlarga bunday yordami uchun hakamdan sariq kartochka oldi.

Britaniya OAVning aniqlashtirilishicha, maydonga yugurib tushgan muxlis «Chelsi» sardori Magdalena Eriksson bilan suratga tushishni xohlagan ekan. Chunonchi, Magdalena o‘yindan bir necha kun oldin ayollar futbolida stadionlarni to‘ldirish muhimligi haqida gapirgandi. U jumladan, 2018 yilgi kubok finalida muxlislar «Chelsi» ayollar jamoasiga qanday yordam berishganini esladi. O‘shanda tribunalarda 45 ming muxlis yig‘ilgandi.

Sem Kerr - «Chelsi»ning avstraliyalik legioneri. 2019 yildan buyon Angliyada o‘ynayotgan Sem dunyoning eng yaxshi ayol futbolchilaridan biri hisoblanadi. U kreativ harakatlari golni chiroyli tarzda nishonlashi bilan mashhur: odatda ajoyib salto namoyish etadi. Albatta, bu Sem ijrosidagi bu «tryuk» fanatga tashlanishidan ta’sirliroq ko‘rinadi. Umuman, Semning «Instagram»dagi sahifasida golni nishonlashga bog‘liq salto suratlari juda ko‘p. Sem Kerr shuningdek, golni nishonlash borasida Avtraliya futboli faxri Tim Keyxilldan ham ko‘chirma olgan. Ha, burchak bayrog‘i bilan «boks tushish» sahnasi ko‘zda tutilmoqda. Xullas, Sem ayollar o‘rtasidagi JCH-2019da aynan Keyxill harakatini takrorladi. Yana bir fakt shuki, u Avstraliya ayollar terma jamoasidagi debyutini atigi 15 yoshi (!)da nishonlagan.

Sem Kerning faoliyatida muxlislarga bog‘liq boshqa qiziqarli voqelik ham bor. «Barselona» ayollar termasi 2019 yilning bahorida «Lion»ga yutqazgach, avstraliyalik futbolchi kutilmaganda, bunga alohida izoh yozdi: «Barca» raqobatbardosh emas». Kataloniya klubi oradan ko‘p o‘tmay, «Chelsi»ni tor-mor keltirgach, ispaniyalik muxlislar Sem Kerrni turli-tuman «tvit»lar bilan bombardimon qilishdi.

Sem aslida muxlislarning futbolchilar bilan suratga tushishni xohlashlariga oddiy qaraydi. Deylik, «Tvitter»da notanish kishi 7 yoshli qizalog‘i u bilan suratga tushish orzusi haqida yozganida, u darhol ijobiy javob qaytargandi. Ya’ni navbatdagi o‘yindan so‘ng qizcha orzusini ro‘yobga chiqardi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:00, 16.12.2021.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.