Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Og‘ir atletika. Barcha «oltin»lar Akbar Jo‘rayevniki bo‘ldi

Og‘ir atletika. Barcha «oltin»lar Akbar Jo‘rayevniki bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bugun 109 kg. vazngacha bo‘lgan erkaklar bahslarda ishtirok etishdi. Biroz avval dast ko‘tarish mashqlarida Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Hozirgina siltab ko‘tarish mashqlari ham yakunlandi. "A" guruhida 11 nafar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 8 nafari, dast ko‘tarishda bo‘lgani kabi, o‘z ishtiroklarini erta yakunlashdi. Shundan so‘ng g‘oliblikka da’vogarlar — Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev va armanistonlik Simon Martirosyan bahslarga kirishishdi.

Dastlab Akbar Jo‘rayev 226 kg. vaznga buyurtma berdi va uni o‘ziga osonlik bilan bo‘ysundirdi. Nurudinov esa o‘z ishtirokini 227 kg. bilan boshladi va toshni muammosiz ko‘tardi. Armanistonlik Simon esa ilk urinishda 228 kg. toshni muvaffaqiyatli ko‘tardi.

Ikkinchi urinishlarini Jo‘rayev boshlab berdi va u 232 kg.ni ko‘tara oldi. Shundan so‘ng Ruslan va Martirosyan buyurtmalari orasida taktik kurash boshlandi. Natijada hamyurtimiz 236 kg.ga yaqinlashdi va uni boshi uzra baland ko‘tardi. Arman polvoni 237 kg.ga buyurtma berib, o‘zining so‘nggi ikki urinishida ko‘tara olmadi.

Natijada so‘nggi urinishlar oldidan har ikki vatandoshimiz ikki kurash yakuni bo‘yicha siltab ko‘tarishda armanistonlik sportchini ortda qoldirib ulgurishdi. Jo‘rayev 238 kg.ga buyurtma berib, o‘zining shaxsiy rekordini yangilamoqchi bo‘ldi hamda bu ishni muvaffaqiyatli uddaladi.

Nurudinov oldida ikkita yo‘l bor edi: yo siltab ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritish (239 kg. bilan) yoki o‘ziga tegishli jahon rekordini yangilashga urinish. Ruslan ikkinchi variantni tanladi va 242 kg.ga buyurtma berdi. Ammo unga biroz omad yetishmadi.

Natijada Akbar Jo‘rayev JCHda 3ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nuridinov "dast"dagi bronzadan so‘ng o‘z hisobiga 2ta "kumush" yozib qo‘ydi. Martirosyan esa "kumush+bronza+bronza" bilan o‘z yurtiga qaytadigan bo‘ldi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH.
Erkaklar, 109 kg.
1. Akbar Jo‘rayev — 195 kg. + 238 kg. = 433 kg.
2. Ruslan Nurudinov — 185 kg. + 236 kg. = 421 kg.
3. Simon Martirosyan   — 188 kg. + 228 kg. = 416 kg.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:22, 16.12.2021.
O'qildi: 4499 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.