Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Diyego Simeone: «Atletiko»ga kelganimda, peshqadamdan 10 ochko qolish oddiy holat edi»

Diyego Simeone: «Atletiko»ga kelganimda, peshqadamdan 10 ochko qolish oddiy holat edi»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Sevilya»ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Biz o‘yinni yaxshi boshladik, ammo Rakitich gol urdi. Birinchi bo‘limda umuman vaziyat yarata olmadik. Ikkinchi taymni yaxshi boshladik, «Sevilya» esa qarshi hujumga o‘tdi.

Qilgan harakatlarimiz samara berdi, ammo boshqa jihatlarda o‘sishga erishishimiz kerak. Biz golga yaqin kelgandik. Ammo bahs so‘ngida gol o‘tkazib yubordik.

Ahvolimiz og‘ir, natijalarimiz yaxshi emas. Ammo men avvalgi fikrimda qolaman. Ishlash kerak, safdan chiqqan futbolchilarning sog‘ayishini kutish kerak, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirishimiz zarur. Barcha maromida ishlagan paytda ishonch qaytadi. Xotirjamlikni saqlashimiz kerak.

Biz 10 yildan buyon La liganing yuqor pog‘onalarida yuribmiz. Men jamoaga kelganimda, peshqadamdan 10 ochko ortda yurish odatiy holat edi. Afsuski, hozir yana shunday holatga tushib qoldik. Vaziyatni o‘nglash uchun o‘zimizda kuch topishimiz kerak.

Mas’uliyat mening zimmamda va vaziyatni o‘nglamoqchimiz», – dedi Simeone.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:33, 19.12.2021.
O'qildi: 1474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик