Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Maksim Shaskix: «Sherif» ertagi davom etishi mumkin»

Maksim Shaskix: «Sherif» ertagi davom etishi mumkin»

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiya Ligasining dastlabki «pley-off» bosqichiga qur’a tashlash marosimidan keyin Footboom muxbiri Kiyev «Dinamo»sining sobiq futbolchisi, hamyurtimiz Maksim Shaskix bilan Nyonda bo‘lib o‘tgan voqealar xususida suhbatlashdi.

- Qur’adagi xatomi? Ha, bunday holatni birinchi marta ko‘rib turibman, - dedi Shaskix. - Demak, sharlarni adashtirishibdi, bo‘lishi mumkin. Inson zoti xato qiladi va men bunda hech qanday yomonlikni ko‘rmayapman.

- Ammo birinchisida «Benfika»ga, keyingisida «PSJ»ga ro‘baro‘ kelgan «Real» takroriy qur’a natijalaridan norozi...

- Albatta, «Benfika» «Real» uchun birmuncha oson variant edi. «PSJ» bilan qarama-qarshilikni esa Chempionlar Ligasining muddatidan oldingi finallaridan biri deb atash mumkin. Umuman olganda, turnirning ushbu bosqichida kuchsiz jamoalar yo‘q. «Real»ga esa, menimcha, kim bilan o‘ynashning farqi yo‘q. Ular maksimal raqobatga odatlanishgan. Qolaversa, «PSJ» «shalpangquloq» uchun birinchi da’vogar emas, men parijliklarning o‘yinlarini kuzatdim va hujumiga nisbatan ularning himoyasi ancha yomon.

- Demak, «Benfika» erkin nafas olsa bo‘ladi. Shundaymi?

- Dargumon. Menimcha, Lissabon jamoasiga «Real»ga qarshi o‘yin osonroq bo‘lardi. «Ayaks»­ning hujumi hozirgi kunda dahshatli va buni ularning tinimsiz gollar urayotganidan ko‘rish mumkin. Umuman olganda, niderlandlar juda qiziqarli futbol namoyish etishmoqda. To‘g‘ri, Portugaliya jamoalari murakkab, ayniqsa, o‘z uylarida ancha tajovuzkor o‘yin ko‘rsatishadi. Ammo «Ayaks»ga qarshi safarda juda qiyin bo‘ladi.

- «Inter» - «Liverpul» qarama-qarshiligi haqida...

- Bular uslubi va taktikasi jihatidan keskin farq qiladigan jamoalar. Juda qiziqarli juftlik. Menimcha, «Inter» va «Liverpul» o‘rtasidagi qarama-qarshilik Chempionlar Ligasining yana bir muddatidan oldingi finalidir.

- «Bavariya»ga esa oson raqib - «Zalsburg» to‘g‘ri keldi. Siz ham ayni fikrdamisiz?

- Myunxenliklarga 1/8 finalda kim ro‘baro‘ kelishidan qat’i nazar, o‘sha jamoa lash-lushlarini yig‘ishga tayyorgarlik ko‘raversin. «Bavariya»ni ayni damda to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu jamoani hali «nemis mashinasi» deb atay olmaymiz, lekin u o‘yinni qanday kuchaytirishni biladi va uning quvvat zaxirasi juda ulkan. Umuman olganda, bu juftlikda sensasiya sodir bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, «Bavariya» birinchi uchrashuvdayoq hammasini hal qiladi.

- Yuriy Vernidub va uning «Sherif»i Yevropa Ligasi «pley-off» bosqichida «Braga» bilan o‘ynaydi. «Sherif»ning yevrokuboklardagi ertagi davom etishi mumkinmi?

- Mumkin, albatta. «Braga» - Portugaliyaning daraja jihatidan 5-jamoasi. Ya’ni, bu o‘tib bo‘ladigan raqib. «Sherif» yaxshi tarkib va o‘yinga ega ekanligini allaqachon isbotlab bo‘ldi. Chempionlar Ligasida qo‘lga kiritilgan 7 ochko hurmatga loyiq. Vernidub jamoasi yevrokubokning kamida ikki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta oladi. Qolaversa, «Sherif» qishda yanada kuchayishi mumkin.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 19.12.2021.
O'qildi: 3621 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.