Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Toshkent karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Qozog‘istonning Almati shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasida Osiyo karate federasiyasining konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Butunjahon karate federasiyasi prezidenti Antonio Espinos, shuningdek, Osiyo karate federasiyasining birinchi vitse-prezidenti Alam Mullayev ham ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir kun tartibidan kelasi yil o‘tkaziladigan qit’a chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi o‘rin olgan edi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qit’a chempionatini qabul qiladigan bo‘ldi. Qayd etish joiz, avvalgi mezbon davlatlar o‘z yurtlaridagi epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmaydigan bo‘lgan edi.


Dastlabki rejaga ko‘ra, qit’a birinchiligi Osiyo o‘yinlaridan avval o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa karatechilarimiz uchun muhim start oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent 2019 yil iyul oyida kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilgan edi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 22:13, 19.12.2021.
O'qildi: 1452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик