“Liverpul” himoyachisi Jo Gomes keyingi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin.
“Liverpul”ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda “Aston Villa”ni boshqarayotgan Stiven Jerrard himoya chizig‘ini Jo Gomes bilan mustahkamlashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Birmingham Mail”. “Aston Villa” allaqachon “Liverpul”ga taklif bilan chiqqan.
24 yoshli Gomes joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonda 336 daqiqa o‘tkazdi. Angliyalik himoyachining shartnomasi 2024 yilda tugaydi, Transfermarkt futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.