Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rangnik «MYU» mashg‘ulotiga maxsus qoida joriy qildi

Rangnik «MYU» mashg‘ulotiga maxsus qoida joriy qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaning mashg‘ulot jarayoniga maxsus qoida joriy qildi. Bu haqda "The Telegraph" xabar tarqatdi.

Qoidaga ko‘ra, murabbiy futbolchilarga ayrim vazifalarni bajarish uchun cheklangan vaqt bermoqda. Ya’ni, futbolchilar tezkor hujumni amalga oshirishlari uchun 10 soniya, yo‘qotilgan to‘pni olib qo‘yish uchun 8 soniya berilmoqda.

Ralf "DW’s Kickoff!"ga bergan intervyusida buni quyidagicha tushuntirdi: "O‘yinchilar vaqt o‘tib borayotgani haqidagi ma’lumotni eshitishlari mumkin. Ular 8 soniya ichida to‘pni qaytarib olishlari va to‘pni yakuniy zarbaga qadar 10 soniyada yetkazishlari lozim.

Bunday qoida ilk mashg‘ulotlarda futbolchilarni shoshirib qo‘ydi, ammo keyinchalik ular tezkor fikrlay boshlashdi. Ular o‘yin uslubiga moslashib borishmoqda hamda futbolchilarning harakatlari tezlashmoqda", — dedi Rangnik.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 09:08, 21.12.2021.
O'qildi: 5301 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик