Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Murabbiylar: So‘nggi chora - tovon puli

Murabbiylar: So‘nggi chora - tovon puli

Baho:
+ | -

Ronald Kuman Barselonani tark etgan bo‘lsada, Joan Laporta hali unuta olgani yo‘q. Sababi, niderlandiyalik mutaxassis shartnomani muddatidan avval bekor qilgan klubdan kattagina tovon puli talab qilmoqda. «Barselona»dan Kuman 12 mln. yevroni olgan taqdirda ham, eng yirik tovon puli olgan murabbiylar ro‘yxatida 10-o‘rindan joy oladi. E’tiborli jihati shundaki, Joze Mourinyo mazkur ro‘yxatdan ikki marta joy olgan, tovondorlik bobida esa «Chelsi» yetakchi - natija bermay qo‘ygan murabbiylarni ayab o‘tirmaydi.

ANTONIO KONTE («Chelsi», 2018 yil)

Italiyalik murabbiy «Yuventus»dagi muvaffaqiyatdan (3ta chempionlik unvoni) keyin Italiya termasi bilan Yevro-2016 chorak finaliga chiqdi. Germaniya bilan kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida omad nemislarga kulib boqdi. Shundan keyin Konte termani tark etib, «Chelsi»ga o‘tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi. Biroq 2 yildan keyin uni iste’foga chiqarishdi. Avvaliga OAV murabbiy 10 mln. yevro miqdorida tovon puli olishini ma’lum qilgandi. Lekin klub hisobotida ancha yirik mablag‘ - 31 mln. yevro zikr etilgandi. Qizig‘i, Konte avvaliga bu miqdordan ancha ozroq, lekin 10 mln.dan ko‘proq talab qilgan, «Chelsi» esa ko‘nmagandi. Oxir-oqibat, murabbiy sudga murojaat qildi va g‘olib chiqdi. Darvoqe, yirik miqdordagi tovon pullari Abramovich uchun yangilik emas.

JOZE MOURINYO («MYU», 2018)

«Benazir» Manchesterga kelgan paytida, undan hamma mo‘’jiza kutgan va «qizil iblislar»ning chempion bo‘lishlarini taxmin qilgandi. Amalda jamoa Liga kubogi va Angliya Superkubogi sohibi bo‘ldi, YELda g‘olib chiqdi. Ammo APL-da shohsupaga ko‘tarilish nasib etmadi. 2018/19 yillar mavsumi startidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Mou lavozimidan chetlatildi, «MYU» esa 23 mln. yevroli tovon pulini qurtdek sanab berdi.

JOZE MOURINYO («Chelsi», 2007)

«Ko‘klar» tarixidagi eng omadli murabbiy kutilmaganda 2007 yilning sentyabrida jamoani tark etdi. Bunga qadar murabbiy jamoa sov-rinlar kolleksiyasini 2ta APL chempionligi, Angliya kubogi, 2ta Liga kubogi, Angliya Superkubogi bilan boyitgandi. Uning ayrim masalalarda Abramovich bilan kelisha olmay qolgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan, biroq bu shuncha sovrinlarni qo‘lga kiritishiga xalal bermagandi. Yangi mavsumdagi omadsiz start Jozening iste’fosiga bahona bo‘ldi. YECHLdagi uy uchrashuvida «Rusenborg» bilan qayd etilgan durangdan (1:1) keyin Abramovich 21 mln. yevrodan voz kechish bilan orani ochiq qildi.

LORAN BLAN («PSJ», 2016)

Bir paytlari Blan «Bordo»ni Liga1 shohsupasiga olib chiqqanligiga hozir ishonish qiyin. Ana shu muvaffaqiyat ta’siri ostida murabbiy Fransiya terma jamoasi boshqaruviga taklif etildi. Lekin Yevro-2012 chorak finalida bo‘lg‘usi chempion - Ispaniyaga imkoniyat boy berilgach, Loran ketishga qaror qilgandi. 2013 yilda murabbiy «PSJ» boshqaruvini qo‘liga oldi va 3tadan chempionlik, Liga va Fransiya kuboklarini, 2ta Fransiya kubogini hadya etdi. Keyin 2020 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi. Ammo yozda qayd etilgan YECHL doirasidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarildi. Rahbariyatning fikricha, jamoa nufuzli turnirda g‘alaba qozonishi lozim, Blan esa buni ta’minlay olmadi. Natijada parijliklar 20 mln. yevroni qurbon qilishga majbur bo‘ldilar.

LUIS FELIPE SKOLARI («Chelsi», 2009)

«Chelsi»ga bu taniqli murabbiy Braziliya va Portugaliya terma jamoalaridagi muvaffaqiyatli faoliyatdan keyin kelgandi. Uning rahbarligida jamoa yomon o‘ynamadi, YECHLda «pley-off» bosqichiga chiqdi, APLda yetakchilar safida bo‘ldi. Lekin murabbiy Drogba va Anelkalar ko‘ngliga yo‘l topa olmadi. Shogirdlari yonma-yon to‘p surishni istamadilar va doimo murabbiy bilan bahslashaverdilar. Skolari esa futbolchidan gap eshitadigan murabbiylar sirasidan emasdi. U 7 oydan keyin «Chelsi»ni tark etdi. Keyinchalik murabbiy barvaqt iste’foga o‘zi sababchi bo‘lganligini tan oldi. Shunga qaramasdan, klub 16 mln. yevro miqdoridagi tovon pulini to‘ladi.

FABIO KAPELLO (Rossiya terma jamoasi, 2015)

Italiyalik mutaxassis Rossiyada risoladagidek ishlayotgandi. Biroq vaqti kelib, RFI moliyaviy muammolarga duch keldi, Kapelloning ish haqini o‘z vaqtida bera olmadi, jamoaning natijalari pasaya boshladi. 2015 yilning yozida italiyalik murabbiyni iste’foga chiqarib, unga Rossiya futbolidagi rekord ko‘rsatkich miqdorida tovon puli to‘landi. Aslida, don Karlo 21 mln. yevro olishga haqli edi, lekin tomonlar 15 mln.ga kelishib olishdi.

MAURISIO POCHETTINO («Tottenxem», 2019)

Angliyada Pochettino «Tottenxem»ni APLning eng sara jamoalari safiga olib chiqqandi, uning davrida «taqachilar» 2-o‘rinni egalladilar, YECHL finaliga chiqdilar. Biroq Maurisio 5 yil ichida birorta sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Shu bois, jamoa uchun omadsiz kelgan 2019/20 yillar mavsumida mutasaddilar argentinalik mutaxassisni 14,5 mln. yevro bilan rozi qilib, lavozimidan chetlatishdi.

ANDRE VILLASH-BOASH («Chelsi», 2012)

Navbatdagi portugaliyalik murabbiy va «ko‘klar»ning sobiq ustozi. AVB «Chelsi»ga Karlo Anchelottidan keyin keldi. Bu o‘ziga xos kamyob voqea. Gap shundaki, murabbiy «Portu» bilan barcha ichki sovrinlar - chempionat, kubok va Superkubok musobaqalarida g‘olib chiqishi va qo‘shimchasiga, YEL kubogini qo‘lga kiritish orqali mashhur bo‘lgandi. Yanada ajablanarli fakt - bularning barchasiga AVB «ajdaholar» jamoasidagi debyut mavsumida erishgandi. Qolaversa, u nufuzli xalqaro turnirning eng yosh g‘olibi (33 yosh, 213 kun) bo‘lgandi. Bundan tashqari, Boash «Portu» bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan, kelishuvni barvaqt bekor qilish uchun manfaatdor tomon 15 mln. yevro tovon puli to‘lashi lozim edi. «Chelsi» ana shu xarajatni ham o‘z zimmasiga olgandi. Lekin AVBning Angliyadagi faoliyati kutilganidek muvaffaqiyatli bo‘lmadi. U hatto dastlabki mavsumini yakunlashga ham ulgurmadi va mart oyida «Chelsi»ni tark etdi. Klub esa shartnomaga binoan, 14 mln. yevro to‘ladi.

ROBERTO DI MATTEO («Chelsi», 2012)

AVB iste’fosidan keyin «ko‘klar» boshqaruvini o‘z zimmasiga olgan italiyalik murabbiy barchani lol qoldirgan holda, YECHL va Angliya kubogi turnirlarida zafar quchdi. Keyin tabiiyki, «vaqtinchalik bajaruvchi» maqomidan forig‘ bo‘lib, 2 yillik shartnomani imzoladi. Biroq jamoa yangi mavsum startida omadsizlikka uchragach, Di Matteo noyabr oyida lavozimidan chetlatildi. Klub esa unga 13 mln. yevro tovon puli to‘ladi. Shu tariqa Abramovich yarim yil ichida 2 nafar murabbiyni iste’foga iqarish uchun 27 mln. yevrodan voz kechdi.

RONALD KUMAN («Barselona», 2021)

Bu murabbiy voqeasi ro‘yxatdagi kasbdoshlarinikidan farq qiladi. Gap shundaki, niderlandiyalik mutaxassis o‘zining «Barselona»ga ustozlik qilishdek azaliy orzusini ro‘yobga chiqarish uchun Niderlandiya qirollik futbol federasiyasiga o‘z hamyonidan 5 mln. yevro to‘lagandi. Lekin kataloniyaliklar bilan shartnoma tuzayotganida 2022 yilning yozidan avvalroq hamkorlik to‘xtatilsa, manfaatdor tomon 12 mln. yevro miqdorida tovon to‘lashini ta’kidlab o‘tishni talab qilgandi. Shu sababli, Kuman mazkur ro‘yxatimizdan joy oldi. Lekin Ispaniya OAV ana shu 12 mln.ning 5 «limoni» NQFFga murabbiy to‘lagan mablag‘ ekanligini ta’kidlamoqda. Xullas, nima bo‘lganda ham, Kuman 12 mln. yevroni talab qilmoqda, yon berishni istamayapti.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:23, 21.12.2021.
O'qildi: 3061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.