Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

Babayan - “Navbahor”ning 30 - bosh murabbiyi!

Babayan - “Navbahor”ning 30 - bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Navbahor” 2022 yilgi mavsumni yangi bosh murabbiy – Samvel Vyacheslavovich Babayan boshqaruvida boshlaydi.

Babayan milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon jamoamizni boshqaradigan 30-murabbiy sifatida tarixdan joy oladigan bo‘ldi.

“Lochinlar”ni Superliga (oliy ligada) eng ko‘p boshqargan mutaxassis bu Viktor Romanovich Jalilov.

Jamoamizning o‘tgan mavsumdagi bosh murabbiyi, 2022 yildan boshlab esa o‘z faoliyatini “Navbahor” murabbiylar shtabida davom ettiradigan Viktor Romanovich “lochinlar”ni 10 mavsum davomida (tanaffuslar bilan) boshqargan.

“Navbahor”ning ko‘plab sovrinlari, shu jumladan, 1996 yilgi chempionlik unvoniga ham aynan Viktor Jalilov boshqaruvida erishilgani barchaga ma’lum.  

Keyingi o‘rinda esa jamoamizda futbolchi va murabbiy sifatida 40 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Navbahor”ning sadoqatli vakili Mustafo Bayramov bormoqda – 6 mavsum (tanaffuslar bilan).

Umuman olganda, ko‘plab murabbiylar “Navbahor”ga 2-marta qaytib, faoliyat yuritishgan.

Quyida jamoamizni O‘zbekiston milliy chempionatlarida (1992-2021 yillar) boshqargan murabbiylar ro‘yxati keltirilgan.

1992 - Birodar Abduraimov

1993 - Baxtiyor Boboyev - Usmon Asqaraliyev

1994 - Sharif Nazarov - Viktor Borisov

1995 - Birodar Abduraimov - Usmon Asqaraliyev - Viktor Jalilov

1996 - Viktor Jalilov

1997 - Viktor Jalilov

1998 - Leonid Ostroushko - Viktor Jalilov

1999 - Viktor Jalilov

2000 - Viktor Jalilov - Amet Memet

2001 - Valeriy Sinau - Farhod Magametov

2002 - Farhod Magametov

2003 - Igor Volchok - Viktor Jalilov

2004 - Viktor Jalilov

2005 - Rahim Qurbonmamedov

2006 - Said Seidov - Rustam Zabirov - Rustam Mirsodiqov - Eldor Sakayev

2007 - Eldor Sakayev – Tolib Boboyev

2008 - Tolib Boboyev - Asqar Kushikbayev - Rustam Abdullayev - Mustafo Bayramov

2009 – Mustafo Bayramov – Sergey Kovshov

2010 – Viktor Jalilov – Sergey Kovshov

2011 - Eldor Sakayev - Mustafo Bayramov

2012 – Mustafo Bayramov

2013 – Mustafo Bayramov – No‘’mon Hasanov

2014 – Baxtiyor Ashurmatov

2015 – Baxtiyor Ashurmatov

2016 – Rashid G‘ofurov - Aleksandr Volkov - Mustafo Bayramov - Ravshan Bozorov – Ilhom Mo‘minjonov

2017 -  Ilhom Mo‘minjonov

2018 – Ilhom Mo‘minjonov – Andrey Kanchelskis

2019 – Andrey Kanchelskis – Deyan Jurjevich – Andrey Kanchelskis

2020 – Andrey Kanchelskis – No‘’mon Hasanov

2021 – No‘’mon Hasanov – Viktor Jalilov.

Biz “Navbahor”ning yangi ustozi Samvel Babayanga jamoamizdagi faoliyatida omad yor bo‘lib, yangi mavsumda muxlislar uzoq kutgan Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Kiritildi: 23:02, 21.12.2021.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.