Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

A Seriyaning 19-tur doirasidagi bitta uchrashuv o‘tkazilmadi: mehmon jamoa o‘yinga tashrif buyurmadi

A Seriyaning 19-tur doirasidagi bitta uchrashuv o‘tkazilmadi: mehmon jamoa o‘yinga tashrif buyurmadi

Baho:
+ | -

«Salernitana» jamoasi A Seriyaning 19-tur doirasida «Udineze»ga qarshi bo‘ladigan safar o‘yiniga tashrif buyurmaganligi haqida musobaqa tashkiloti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoa tarkibida uchta futbolchida koronavirus aniqlanganligi sababli, uchrashuvga tashrif buyurmadi. A Seriya va «Udineze» o‘yinni boshqa muddatga qoldirishdan bosh tortdi, koronavirus bo‘yicha uchta holat qayd etilsa, kovid-protokallariga mos kelmasligi ta’kidlandi.

«Udineze» va o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi stadionga tashrif buyurdi va oradan 45 daqiqa o‘tgach, bosh hakam o‘yin boshlanganligi haqidagi hushtagini chaldi, biroq, o‘yin o‘tkazilmadi.

Shu tariqa, «Salernitane» jamoasiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi. Klub ushbu qarordan shikoyat qilishi va o‘yinni boshqa muddatga ko‘chirish uchun kurashishi mumkin.

Kiritildi: 00:55, 22.12.2021.
O'qildi: 2475 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик