"Napoli" futbolchisi Viktor Osimxen yanvar oyida start oladigan Afrika chempionatida qatnashishi mumkin. Bu haqida futbolchining o‘zi ma’lum qildi. U Twitter'da shunday yozadi:
"Men Afrika Millatlar kubogida qatnashish uchun yuz foiz tayyorman. Agar murabbiylar men chaqirishsa, albatta yetib boraman".
Esingida bo‘lsa, "Napoli" hamda "Inter" o‘rtasida noyabr oyida kechgan bahsda Osimxen yuzidan jiddiy jarohat olgan edi. Unga yuz suyaklari sinishi tashxisi qo‘yilib, ko‘z soqqasidan operasiya qilingan.
O‘shanda hujumchi 3 oygacha maydonga qaytmasligi haqida ma’lum bo‘lgandi. Hozirda Osimxen bu mavsumda 10ta golga mualliflik qilgan.