Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Liverpul»ni «Lester»ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda

«Liverpul»ni «Lester»ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda

Baho:
+ | -

Angliya liga kubogi va mamlakat kubogi bahslari ham Premyer-liga o‘yinlarining gavjum taqvimiga uchradi. Bu yerda kurash olib borayotgan jamoalar asosan, yoshlar va zaxiradagi futbolchilarga ishonmoqda. Jumladan, «Liverpul» ham. «Qizillar» chorak final bosqichigacha yetib keldi. Mersisaydliklar qura natijasiga ko‘ra «Enfild»da «Lester»ni qabul qilishadi. O‘yin bugun tunda start oladi. Darvoqe, keyingi haftada ushbu klublar chempionat doirasida ham o‘zaro bahs olib borishadi.

Liga kubogi har doim turnirlarning eng nufuzlilari qatorida sanalishi aniq. Boshqa tomondan, bu Premyer-ligada tez-tez o‘ynamaydigan futbolchilar uchun ham qulay imkoniyatdir.
Chempionatda «Liverpul» ikkinchi, «Lester» esa to‘qqizinchi o‘rindan joy olgan. Shu bilan birga, «tulkilar» koronavirus sabab so‘nggi ikki turni o‘tkazib yuborishgani esingizda bo‘lsa kerak. Jamoa hozir qanday formada ekanligini aytish qiyin.

Mavsum davomida Brendan Rojersning asosiy shogirdlari avvalgidek, jamoaga ochko keltirishda davom etmoqda. Jamoa to‘purari 9 gol urgan Jeymi Vardi hisoblanadi. Shuningdek, Jeyms Meddison (4+3) va Yuri Tiyelemans (5+2) lar ham samarali natija qayd etayotganliklari diqqatga sazovor. Biroq, bu futbolchilarning Liga kubogi «Liverpul»ga qarshi bahsga yo‘l olishlari aniq emas.

Ushbu musobaqa uchrashuvlari natijalarini oldindan taxmin qilish oson emas. Buning ustiga koronavirusning yangi to‘lqini yuzaga kelgan bir vaziyatda aniq rejalarni ishlab chiqish qiyin bo‘ldi. Axir Premyer-ligada o‘yinlar boshlanish vaqtiga ikki soat qolganida ham bekor qilinganyapti.

Bugungi uchrashuvga Robert Madli boshchiligidagi hakamlar brigadasi tayinlangan.

Yangiliklar

«Liverpul» safida Nataniyel Fillips, Divok Origi, Xarvi Elliot va Adrianlar jarohat olishgan. Endryu Robertson «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani uchun uchta bahsga diskvalifikasiya qilindi. Koronavirus testi ijobiy chiqqani sababli to‘rt nafar futbolchi o‘z-o‘zidan izolyasiyaga olindi – Virjil van Deyk, Fabinyo, Tiago Alkantara va Kertis Jons. Jordan Xenderson esa shamollagan.

«Mersisaydliklar» tarkibini oldindan bashorat qilish qiyin, chunki futbolchilar har kuni qaytadan testdan o‘tkazilyapti. Darvozani dastlabki daqiqalarda Kuivin Kelleher qo‘riqlashi ehtimolga yaqin. O‘ng tomon himoyada Jo Gomes va Neko Uilyamslarning maydonga tushish ehtimollari mavjud. Chap va markaziy himoyachilarni esa tanlash biroz qiyinroq, chunki Robertsonning diskvalifikasiyasi tufayli Kostas Simikas «Boxing Day»da uch kun ichida ikkita o‘yin o‘tkazishi kerak va uni xavfsiz saqlash Kloppning katta vazifalaridan biri. Bu yerda katta ehtimol bilan yoshlar jamoasidan o‘yinchilar chaqiriladi.

Maydon markazida kadrlar borasida jiddiy muammolar bor. Asosiy tarkib a’zosi Aleks Oksleyd-CHemberlenga imkon berilishi kutilyapti. Qolgan o‘yinchilar ikkinchi jamoadan tanlanadi. Hujumda Roberto Firmino Takumi Minamino va yoshlardan kimdir, masalan, Keyd Gordonni ko‘rishimiz mumkin.

«Lester»da koronavirusga ijobiy test topshirganlar hozircha yo‘q. Biroq, Jeyms Jastin, Chag‘lar Syundju, Jonni Evans va Uesli Fofanalar jarohat olgan.

Kiritildi: 19:13, 22.12.2021.
O'qildi: 2443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.