Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

2015 yilgi yulduzli “Barselona”ni eslaymiz: bu futbolchilar hozir qayerda?

2015 yilgi yulduzli “Barselona”ni eslaymiz: bu futbolchilar hozir qayerda?

Baho:
+ | -1

Kataloniyaning “Barselona” klubi joriy mavsum Chempionlar ligasini guruh bosqichidayoq tark etdi. “Ko‘k-anorranglilar” guruhdan “Bavariya”, “Benfika” va “Dinamo K” bilan joy olib, 3 o‘rinni egalladi va Yeropa ligasi musobaqasiga tushib ketdi. Klub hozirda qiyin paytlarni boshidan o‘tkazmoqda. Kataloniya klubi 2015 yilda Chempionlar Ligasi kubogini beshinchi marta qo‘lga kiritdi va ushbu sovrin klub uchun oxirgisi bo‘lib turibdi. O‘shandan keyin klub doimiy ravishda pley-off bosqichlarida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etmoqda. Joriy mavsum esa hatto guruhdan ham chiqa olmadi. Shu sabab “Stadion.uz” nashri “ko‘k-anorranglilar” o‘sha mavsumdagi g‘alabasini, jamoada to‘p tepgan futbolchilar va ular hozirda qayerda ekanligi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi. “Barselona” o‘sha yili aql bovar qilmaydigan mavsum o‘tkazdi. Klub o‘z tarixida ikkinchi marta medal qo‘lga kiritish borasida treblni qayd etdi va Messi, Neymar va Suares triosi futbol tarixidagi eng yaxshilari uchlik deb ataldi.

Messi, Neymar, Suares triosi

2014/15 yilgi mavsumda Lotin Amerikasi qit’asining uch futbolchisi jami 122 ta gol urdi (+61 golli uzatma).

Biroq, ma’lum bo‘lishicha, o‘sha mavsum “Barselona”ning eng yaxshi davri edi. Mavsum tugaganidan keyin Xavi, ikki yildan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike va Neymar, yana bir yil o‘tib Andres Inyesta, Rakitich, Suares va Messi ham jamoani tark etdi.

“Barselona”ning 2015 yilgi Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan tarkibi

2015 yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan UYEFA Chempionlar Ligasi finalida “Barselona” “Yuventus”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. Rakitich, Suares va Neymarning gollariga “keksa sinyora” Alvaro Morata bitta gol bilan javob qaytargandi. Hal qiluvchi bahsda “Barselona” quyidagi tarkida harakat qilgan:

“Barselona” (2015): Ter Shtegen - Alba, Maskerano, Pike, Alves - Buskets, Rakitich, Inyesta - Neymar, Suares, Messi.

Zaxira: Bravo, Adriano, Bartra, MatYE, Rafinya, Xavi, Pedro.

 

Faoliyatini yakunlaganlar:

Bu tarkibdan professional faoliyatini yakunlagan futbolchilar Xavi, Maskerano va Matye faoliyatini yakunlagan. Klubning afsonaviy yarimhimoyachisi Xavi faoliyatini Qatarning “As-Sadd” jamoasida  yakunladi. Keyinchalik esa ushbu klub safida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Joriy yilning noyabr oyidan esa Kataloniyaga qaytib, parokandalikka uchragan “Barsa” bosh murabbiyligini qabul qildi va hozirda o‘zining sobiq klubida faoliyat olib bormoqda. Xavyer Maskerano ham vataniga qaytib, Argentina yoshlar terma jamoasida murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.

Barselonada qolgan:

Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan olti yil o‘tib, “Barselona”da hali ham olti nafar futbolchi to‘p tepmoqda: Serxio Buskets, Xordi Alba, Jerard Pike, Dani Alves va Mark-Andre ter Shtegen.

 

Boshqa klubda faoliyatni olib bormoqda:

“Ko‘k-anorranglilar” afsonalari Andrés Inyesta, hamon professional darajada o‘ynashmoqda. Ispaniyalik futbolchi hozirda Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida faoliyatini olib bormoqda.

Bir necha yil oldin jamoani tark etgan “Barselona” futbolchilari

“Barselona”ning kelajagi deya aytilgan Neymar Neymar 2017 yilning yozida 222 million yevro evaziga PSJga o‘tdi. 2020 yilning boshida esa Luis Suares bosh murabbiy Ronald Kuman bilan kelisha olmay, Kataoniyani tark etib, Madridning “Atletiko” klubi bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan yozda esa butun faoliyati davomida “Barselona”da o‘ynagan Leo Messi moliyaviy sabablarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” safini tark etdi. Hozirda argentinalik futbolchi ham PSJ sharafini himoya qilmoqda.

Boshqalar: Adriano (“Eypen” Belgiya), Klaudio Bravo (“Real Betis”), Pedro (“Lasio”), Mark Bartra (“Real Betis”), Rafinya (PSJ).

2017 yilda Luis Enrike «Barselona» bosh murabbiyligidan ketgan edi. Oradan bir yil o‘tib ispaniyalik mutaxassis Ispaniya terma jamoasini qabul qilib oldi va hozir ham o‘sha yerda ishlaydi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:36, 22.12.2021.
O'qildi: 8502 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.