Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Angliya Premyer-liganing top-5 futbolchisi

Mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Angliya Premyer-liganing top-5 futbolchisi

Baho:
+ | -

Yaqin orada Yevropada qishki transfer oynasi ochiladi. Bu vaqt ichida klublar turli transferlarni amalga oshirishi, futbolchilarni sotishi yoki sotib olishi mumkin.

Yanvar oyidagi transfer oynasining o‘ziga xos jihati shundaki, ko‘plab futbolchilarning shartnomalari mavsum oxirida tugashi mumkin. Yangi yilning birinchi oyidayoq futbolchi potensial davogarlar bilan dastlabki kelishuvni tuzish orqali muzokara olib borishlari mumkin. 

Biz sizlarga hozir Angliya Premyer-ligasiningmavsum oxirida klublari bilan shartnomasi muddati tugaydigan eng yaxshi futbolchilar haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Pol Pogba (“Manchester Yunayted”)

Jamoa a’zosi: 2016 yildan beri

Fransiyalik futbolchi ikkinchi marta «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin turibdi. U birinchi marta 2012 yilda “qizil iblislar” lagerini tark etib, “Yuventus”ga o‘tgan edi. Turin klubining asosiy o‘yinchisiga aylangan Pogbani “Yunayted” ortga qaytarishga qaror qildi.

Ingliz klubi Pogba bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi va u uchun katta pul tikdi. Birinchi mavsumdan to shu kungacha fransiyalik futbolchi jamoada bosim ostida o‘ynadi. Murabbiylar va muxlislar bilan ko‘plab muammolarga duch keldi. Mutaxassislar Polni to‘liq kuch bilan o‘ynamaslikda qoraladi, chunki u Fransiya terma jamoasida yuqori saviyani o‘yin ko‘rsatadi.

Pogbaning Manchester klubidagi gullagan davri fransuzni klubning ajralmas bo‘lagiga aylantirgan Ole-Gunnar Sulsher davri hisoblanadi. Ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, u hamon tanqiddan qochib qutula olmagan.

Ko‘p yillar davomida fransuz futbolchisini qaytarib olmoqchi bo‘lgan “Yuventus”, shuningdek “Real”, “Barselona” klublari tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida mish-mishlar yuribdi. Madridliklar uzoq vaqtdan buyon futbolchi sotib olishga urinib bo‘lib kelgan, ammo so‘nggi paytlarda unga bo‘lgan qiziqish pasaygan. “Barselona” moliyaviy muammoga duch kelgan. Demak, Pol “Yuventus”ga o‘tmasa, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma uzaytiradi. Chunki, klub uni tarkibda saqlab qolishga qarshi emas.

 

Antonio Ryudiger (“Chelsi”)

Jamoa a’zosi: 2017 yildan beri

 

Ryudiger 2017 yilda London klubiga “Roma”dan o‘tgan edi. Angliyadagi dastlabki mavsumlar Ryudiger uchun qiyin kechgan bo‘lsa-da, u o‘zining o‘yinini yaxshilab bordi. Uning mehnati Yoaxim Lyovning e’tiboridan ham chetda qolmadi, u Antonioni Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylantirdi.

Ryudiger ham London klubi sovrinlarini qo‘lga kiritishda ishtirok etgan futbolchilardan biriga aylandi. Hozirda Antonio tez-tez “Chelsi”ning asosiy tarkibidan joy oladi, ammo klub u bilan yana shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Gap shundaki, himoyachi maoshini oshirishni talab qilmoqda, ammo londonliklar bunga tayyor emas.

Antonioga Yevropaning ko‘plab klublari qiziqish bildirmoqda, jumladan, “Bavariya”, “Real”, “Yuventus”, “Barselona”. Demak, Ryudigerda faoliyatini davom ettirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Hozir hammasi London klubining qo‘lida, chunki nemisning o‘zi qolishga tayyor, ammo maoshini biroz ko‘tarilishini istamoqda.

 

Aleksandr Lyakazet (“Arsenal”)

Jamoa a’zosi: 2017 yildan beri

Fransiyalik futbolchi 2017 yilda “Arsenal”ga o‘tdi. Bu transfer yuqori darajadagi xaridlardan biri edi. O‘sha paytda Lyakazet Fransiyaning “Lion” klubida o‘ynar edi.

Angliyada Aleksandr o‘z iste’dodi va mahoratini to‘liq ochib bera olmadi. Forvard mavsumlarni o‘rtacha darajada o‘tkazdi. U bir vaqtlar Premyer-liganing mavsumdagi eng yaxshi to‘purari nomi uchun kurash olib borgan, ammo g‘alaba qozona olmagan.

Hozirda 30 yoshli futbolchi Mikel Arteta jamoasining bir qismi bo‘lishda davom etmoqda. Klub rahbariyati u bilan shartnomani yangilashga tayyor, ammo futbolchining yuqori maoshi sabab bu qisqa muddatli kelishuv bo‘lishi mumkin. Futbolchining o‘zi nomzodlar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, Angliyani tark etishga tayyor.

 

Jessi Lingard (“Manchester Yunayted”)

Jamoa a’zosi: 2008 yildan beri

Lingard — “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi. Yillar davomida ingliz futbolchisi asosiy tarkibda o‘ynay olmadi. Ko‘p jihatdan bu Jessiga barqarorlik yetishmaganidan  bo‘ldi. 

Angliyalik futbolchi bir necha bor ijaraga berilgan, oxirgisi esa “Vest Xem” bo‘ldi. Lingard “bolg‘achilar” jamoasida yaxshi harakat qildi, ammo Yevro-2020ga bora olmadi. Hozirda Jessi asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashni davom ettirmoqda.

“Manchester Yunayted” futbolchini o‘z tarkibida faqat zaxira o‘yinchisi sifatida saqlab qolishi mumkin. Lingard maydondagi o‘rni uchun kurashmoqchi, shuning uchun shartnoma yangilanishi mumkin, ammo o‘yin vaqti yetshmasligi sababidan 29 yoshli futbolchi ko‘proq muvaffaqiyatga erisha olmayapti.

 

Sezar Aspilikueta (“Chelsi”)

Jamoa a’zosi: 2012 yildan beri

Ispaniyalik himoyachi “Chelsi”ga faxriy Paulo Ferreyraning o‘rniga kelgan, ammo “ko‘klar” rahbarlari bu yigitni shunchaki qo‘lga kiritmasdan,  balki jamoa sardori maqomigacha yetishini ta’minladi.

Shunday qilib, klubga kelganidan 10 yil o‘tgach, Sezar jamoani uni tark etishi mumkin. Unga qiziqish bildirgan jamoalar bor. Ularning orasida  “Barselona” nomi ham borligini ta’kidlash kerak. Ammo gap shundaki, futbolchi “Chelsi”ning o‘ziga ham kerak bo‘lishi mumkin va shuning uchun u bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

 

Ugo Lyoris (“Tottenxem”)

Jamoa a’zosi: 2012 yildan beri 

“Tottenxem”ning sardori, yetakchisi va afsonasi ham kelasi yozda klubni tekinga tark etishi mumkin. 

Bir necha kundan keyin fransuz 35 yoshga to‘ladi, lekin shu bilan birga u Premyer-liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lib qolmoqda va ancha yuqori saviyada o‘ynamoqda. 

Lyorisning ketish ehtimoli juda kam. Klub asosiy darvozabonga aylana oladigan boshqa kiper topsa ham, Ugo o‘zi uchun anchadan beri oilaga aylangan klubda qolishi mumkin.

 

Qo‘shimcha qilamizki, Andreas Kristensen (“Chelsi”), Jeyms Tarkovski (“Byornli”), Todd Kantvell (“Norvich”), Devid Bruks (“Bornmut”), Divok Origi (“Liverpul”), Kalum Chembers (“Arsenal”) kabi futbolchilarning ham shartnomasi yozda tugaydi.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 19:33, 23.12.2021.
O'qildi: 3601 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.