Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Paymart servisi muddatli to‘lov shartlarida mahsulot xarid qilishga yordam beradi

Paymart servisi muddatli to‘lov shartlarida mahsulot xarid qilishga yordam beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Paymart” – O‘zbekiston bo’ylab 2021-yilning boshidan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va foydalanuvchilari uchun qulay shart-sharoitlar va bonuslarni taqdim etib, jadal rivojlanayotgan muddatli to’lov xizmatidir. “Paymart” mijozlari har doim o'z to'lovlaridan xabardor bo'lib, hech qachon ortiqcha to’lovlar qilishmaydi.

Paymart” tarmog’i butun O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq hamkorlarga ega bo’lib, jumladan siz, maishiy va raqamli texnika, uy va ofis uchun jihozlar, to‘qimachilik va turli xil boshqa mahsulotlarni aynan “Paymart” orqali xarid qilishingiz mumkin. Biz mijozlarimizning vaqtini qadrlaymiz, va aynan shuning uchun ro’yxatdan o'tish va mahsulotlarni sotib olish jarayoni atiga 3 daqiqa vaqt oladi. Biz bilan siz o’zingizga kerak bo’lgan barcha mahsulotlarni tez va o’zingizga qulay shartlarda sotib olasiz.

“Paymart” muddatli to'lovidan qanday foydalanish mumkin?

Paymart”ga a’zo bo’lish juda oson. Buning uchun Paymart.uz sayti yoki App Store va Google Play`da topish mumkin bo‘lgan rasmiy ilovalarimizdan foydalangan xolda ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Shuningdek, bizning ko'plab hamkorlarimiz do'konlarida maslahatchilar sizni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun sizga faqat pasport, to'lov kartasi va telefon raqamingiz kerak bo'ladi.

 “Paymart” tizimining yangi foydalanuvchilari uchun muddatli to’lov uchun belgilangan limit – 15 million so‘mgachadir. Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng tizim darhol ajratilgan mablag'lar miqdorini aniqlaydi. Bu miqdorni siz o'zingizning shaxsiy kabinetingizda va mobil telefoningizga keladigan SMS-xabar orqali darhol bilib olishingiz mumkin. Shundan so’ng siz boshlang’ich to’lovlarsiz shartnoma rasmiylashtirib, mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin bo’ladi. Muddati kelgan to’lovlarni amalga oshirish uchun “Paymart” ofisiga, bankga yoki do‘konga borishingiz shart emas. Mablag’larni avtomatik ravishda shartnoma to’lovlari uchun yo’naltirish imkoniyati mavjuddir. Bizda hech qanday yashirin to'lovlar, jarimalar yoki penyalar yo'q. Paymart orqali xarid qilganingizda siz doimo qarzdorligingizning to’liq qiymatini va to’lov muddatini aniq bilasiz.

Sodiqlik tizimi

Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz va buni turli xil imtiyozlar bilan tasdiqlab kelamiz. "Paymart" doimiy mijozlar uchun mijoz darajasiga asoslangan bonus tizimini yo’lga qo’ygan. Sizning bonus darajangiz muddatli to’lovni o'z vaqtida amalga oshirganingizda o’sadi va natijada siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

- To'lov muddati 15 oygacha;
- Muddatli to’lov limiti 26 million so'mgacha;
- Barcha mahsulotlar va xizmatlar uchun chegirmalar 6% gacha oshadi.

"Paymart"dan aksiyalar

Paymart” kompaniyasi tomonidan doimiy ravishda ajoyib sovrinlar o'ynalib, turli hil aksiyalar o'tkazilib kelinmoqda. Hozirning o‘zida muddatli to’lovni o'z vaqtida to’lagan mijozlar har oy qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, uchta Chevrolet Spark avtomobilini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladigan aksiya o‘tkazilmoqda.

 

Muddatli to'lovni o'z vaqtida to’lab, siz avtomatik ravishda har oylik aksiyaning ishtirokchisiga aylanasiz. Hammasi juda oddiy! 26-noyabr kuni “Riviera” savdo-ko‘ngilochar markazida birinchi sovrinli o‘yini bo‘lib o‘tdi. Omadlilar yangi muzlatgichlar, televizorlar, kir yuvish mashinalari, uyali telefonlar va boshqa sovg'alar sohibiga aylanishdi.

 

Paymart” o’zining bo’lajak va joriy mijozlarini 26-dekabr kuni Mirobod “MEDIAPARK Bozori” maishiy texnika va elektronika do‘konida (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 75-uy) bo‘lib o‘tadigan navbatgadi sovrinli o‘yinida kutmoqda. “Paymart”ning ushbu aksiyasi an’anaga aylanadi va yanada ko‘proq odamlar g‘olib bo‘lishadi degan umiddamiz.

 

Endi esa eng qiziqarlisi. 2022-yil iyun oyidan boshlab har ikki oyda bittadan Chevrolet Spark avtomobillari o’ynaladi va ushbu tanlovda to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirayotgan barcha “Paymart” mijozlari g'alaba qozonishi mumkin.

 

Bu ham hali hammasi emas. “Paymart” o'z hamkorlari bilan birgalikda muntazam ravishda turli xil aksiyalarni tashkil qilib bormoqda. “Paymart” aksiyalarida qatnashishga shoshiling va muddatli to’lov shartlari asosida ommabop mahsulotlarni o’zingizga foydali va qulay shartlarda xarid qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

“Paymart” - halol muddatli to'lov xizmati

O'zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi “Paymart” muddatli to’lov tizimi amaliyotlari shariat arkonlariga muvofiqligini tasdiqlagan. Bu esa o’z navbatida, barcha ko’rsatilayotgan xizmatlarning ochiqligi va halolligini anglatadi.

 

Yangi aksiyalar va “Paymart” yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun Paymart.uz veb-saytimizga tashrif buyuring, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling.

Paymart” — siz sotib olasiz, biz to'laymiz!

Facebook - https://www.facebook.com/paymart.uz/

Instagram - https://www.instagram.com/paymart.uz/

Telegram - https://t.me/paymartuzb

Kiritildi: 09:03, 24.12.2021.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.