Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Toshkentdagi og‘ir atletika bo‘yicha dunyo birinchiligida nechta jahon rekordi o‘rnatildi?

Toshkentdagi og‘ir atletika bo‘yicha dunyo birinchiligida nechta jahon rekordi o‘rnatildi?

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bir qator vazn toifalarida o‘rnatilgan yangi rekordlar bilan yodimizda qoldi.

Umuman olganda, musobaqa davomida jami 13 ta turli yosh toifalaridagi jahon rekordi qayd etildi. Ulardan 4 tasi ayollar bellashuvida kuzatildi. Nigeriyalik Joy Eze -71 kg vazn toifasida ikki martadan siltab ko‘tarish mashqi va ikki kurash bo‘yicha o‘smirlar jahon rekordini yangiladi. Demak, endi 130 kg siltab ko‘tarish, 230 kg ikki kurash bo‘yicha o‘smir qizlar toifasida jahon rekordi sifatida qayd etiladi.

Bolgariyalik yosh iqtidor egasi Karlos Nasar (-81 kg) erkaklar o‘rtasidagi 4 ta rekordga mualliflik qildi. 17 yoshli polvon dast ko‘tarishda 166 kg natija ko‘rsatib, yangi rekord qayd etdi. Siltab ko‘tarishdagi 208 kg esa barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Boisi ushbu ko‘rsatkich ham o‘smirlar, ham yoshlar, ham kattalar o‘rtasidagi yangi jahon rekordi sifatida rasmiylashtirildi. Shuningdek, siltab ko‘tarishdagi ikki ketma-ket muvaffaqiyatli urinishlari bilan u ikki kurashda ikki bor o‘smirlar rekordini o‘rnatdi (371 va 374 kg).

Kattalar o‘rtasidagi yana bir jahon rekordi -96 kg vazn toifasida kolumbiyalik Lesman Paradesga tegishli bo‘ldi. Atlet dast ko‘tarish mashqida 187 kg bilan o‘z nomini qaydnomalarga alohida yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, eng fantastik rekordlar +109 kg toifasida kuzatildi. Unda zamonamizning afsonalaridan biri gruziyalik Lasha Talaxadze barcha dasturlarda o‘z rekordini yangilab, dunyoning eng kuchli pahlavoni kim ekanini ko‘rsatdi. Lashaning natijalari dast ko‘tarishda 225 kg, siltab ko‘tarishda 267 kg va ikki kurash bo‘yicha 492 kg ga teng bo‘ldi. Qayd etish joiz, ushbu vazndagi bellashuvlar davomida eronlik 18 yashar yulduz Alirizo Yusufi 237 kg natija bilan siltab ko‘tarishda yoshlar o‘rtasidagi rekordga o‘z nomini bitdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:49, 24.12.2021.
O'qildi: 1795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.