Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Nega ispan klublari so‘nggi yillarda Yevropa maydonlarida juda yomon o‘yin ko‘rsatmoqda?

Nega ispan klublari so‘nggi yillarda Yevropa maydonlarida juda yomon o‘yin ko‘rsatmoqda?

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida ispan jamoalarining unchalik omadi kelmadi. Sababi, oxirgi turga qadar faqat “Real” muddatdan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Atletiko” va “Vilyarreal” oxirigacha kurash olib borishdi. Ammo, oxir-oqibat “Barselona” va “Sevilya” Yevropa ligasiga tushib ketishdi – ushbu musobaqa kataloniyaliklar uchun emas, andalusiyaliklar uchun tanish.

Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab La Liga muxlislari bunday natijadan hayratda qolishdi, axir biz Ispaniya jamoalarining Yevropadagi ustunligiga o‘rganib qolganmiz. 2014 yildan 2018 yilgacha “Real” Chempionlar Ligasidagi beshta chempionlikdan to‘rttasini, “Barselona” esa 2006 yildan 2015 yilgacha to‘rtta kubokni qo‘lga kiritgan.

Bularning barchasi 2006 va 2018 yillar oralig‘ida La Liga klublari Chempionlar Ligasida boshqa barcha chempionatlar vakillaridan ko‘ra tez-tez g‘alaba qozonganini anglatadi. “Atletiko” ham ikki marta finalga chiqdi. “Valensiya”, “Sevilya”, “Vilyarreal” va “Malaga” ham ajoyib mavsumlar bilan maqtana oladi.

Ispaniya 2013 yildan beri UYEFA koyeffisiyentlar jadvalida Germaniya, Angliya, Italiya va Fransiyani ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda. 2019 yilda UYEFAning top-7 klublar reytingida Primyeraning to‘rtta jamoasi bor – “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko” va “Sevilya”. O‘sha paytga kelib, Angliyaning eng kuchli jamoasi “Manchester Siti” oltinchi o‘rindan joy oldi. “Liverpul” 11, “Chelsi” 12 va “Manchester Yunayted” 17-o‘rinni egalladi.

Bu ustunlik asta-sekin yo‘qola boshladi. “Real Madrid”ning 2018 yildagi so‘nggi g‘alabasidan buyon ispan jamoalari boshqa finalga chiqa olmagan, Premyer-liganing esa to‘rttasi jamosi final chiptasiga ega chiqqan. Oxirgi uch yil ichida “Barselona” va “Real” faqat bir martadan yarim finalga yo‘l olishdi.

Bu mavsum ispan futboli katta muammoga duch kelgani bir necha bor tasdiqlandi. “Benfika”ning “Barsa” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishi, “Sherif”ning “Real” ustidan qozongan g‘alabasi, “Atletiko”ning “Portu” bilan durang o‘yini va “Milan”dan uchralgan mag‘lubiyati, qolaversa, “Zalsburg”ning “Sevilya” ustidan qozongan g‘alabasi. Bunga misollar yetarlicha.

 

Hozirda Ispaniyada ko‘pchilik so‘nggi tendensiyalardan xavotirga tushmoqda.

Taniqli futbol agenti taxminlar o‘rinsiz ekanligini ta’kidlaydi: “La Liga haqidagi tanqidlar juda ham bo‘rttirilgan. Faqat Premyer-liganing guruhdan chiqqan jamoalari ko‘proq. “Sevilya” pley-offga chiqishi kerak edi. “Barselona”da ham yaxshi imkoniyat bor edi – “Benfika”ga gol ursa, kataloniyaliklar guruhdan chiqishi mumkin bo‘lardi. Beshta jamoa ham pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin edi”.

Ammo, bu kamdan-kam uchraydigan optimist fikrlar. 

Qolaversa, shunga o‘xshash boshqa fikrlar ham quloqqa chalinib turadi.

“La Liga saviyasi anchadan beri pasayib bormoqda”, - deydi Ispaniya va Angliya futboli bilan ishlaydigan nashr. - Premyer-liga hozirda yuqori darajaga chiqdi. Ispaniyada “Chelsi”ning bosimiga dosh beradigan jamoa deyarli yo‘q.

Yana bir manba Tomas Myullerning “Bavariya”ni “Barselona” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonganidan keyin aytgan so‘zlarini tarqatdi:

 “Ularda texnik o‘yinchilar bor, lekin ular yuqori darajadagi futbolning tezligiga bardosh bera olmaydilar”. Shundan so‘ng Myuller Ispaniyadagi barcha o‘yinlarda yuqori tezik yo‘qligi va jamoalarning yevrokuboklarga tayyormasligi haqida fikr bildirdi.

La Liga texnik va taktik jihatdan rivojlangan bo‘lsa-da, saviya bo‘yicha boshqalardan ancha orqada qolmoqda. Bu shunchaki fizika emas, shunchaki Ispaniya umumiy futbol darajasida ancha orqada. Tumanli Albion gigantlariga qarshi kurashishda La Liga klublarining moliyaviy imkoniyatlari yo‘qligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu yangi muammo emas. 10 yildan ortiq vaqt davomida Premyer-liga Ispaniyadan De Xea, Kasorla va Silvadan tortib Lyaport, Rodrigo va Torresgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchilarni sotib oldi.

O‘tmishda “Real Madrid” va “Barsa” ingliz klubi yulduzlari Ronaldu, Beyl, Suares va Azarni La Ligaga olib keldi. Ammo, hozir vaziyat boshqacha. Pandemiyadan oldin ham “Real” stadionni ta’mirlashga hamma narsani sarflab, ortiqcha pul ishlatishni to‘xtatgan, kataloniyaliklarning esa moliyaviy muammolarga uchragan va klub 1,3 milliard dollar qarzga botgan.

“Real” va “Barsa” hozirda Yevropaning eng yaxshi jamoasi nomi uchun asosiy da’vogarlar emas. Ispan grandlari Superligani tashkil etish g‘oyasini aynan shuning uchun qo‘llab-quvvatladi.

Ispaniya futbolining ikki gigantidan tashqari, boshqa klublari ham texnik va taktik bilim evaziga muvaffaqiyatga erishdi. “Vilyarreal” 2006 yilda Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi, “Atletiko” 2014 va 2016 yilgi finallarda “Real”ga qarshi kurashdi. Hatto 2013 yilda “Malaga” ham har kim o‘ylagandan ham uzoqroqqa bordi. “Vilyarreal” va “Sevilya” Yevropa ligasi finalida “Yunayted” va “Liverpul”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga tashlangan qur’ani qayta o‘tkazish kerak bo‘lganda, “Real Madrid” vakillari “Benfika”ni PSJga almashtirishga majbur bo‘lganidan g‘azablangan edi. Sababi, fransuz grandi bilan uchrashuvdan qo‘rqishmoqda.

“Atletiko” “Yunayted” bilan to‘qnash keladi. Krishtianu Ronalduning “Yuve” tarkibidagi xet-trigi “matraschilar”ni 2019 yilda turnirdan chiqarib yuborgan. Portugaliyalik hozirda “qizil iblislar” safida o‘ynamoqda.

To‘g‘ri, “Barselona” 17 yil ichida birinchi marta Yevropa Ligasiga tushib ketdi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ispan jamoalari ko‘pincha bu turnirda gigantlik qilib kelishadi. Ammo, hozirgi “Barsa” Chempionlar ligasining oltita o‘yinida bor-yo‘g‘i ikkita gol urdi.

2015 yildagi so‘nggi g‘alabasidan so‘ng, “ko‘k-anorranglilar” doimiy ravishda pley-offda tark etishmoqda. Shuning uchun, uning ELsidagi imkoniyatlariga past baholanishi ajablanarli emas. Qolaversa, ularning musobaqadagi raqibi “Napoli” bo‘lgan.

“Sevilya”ga omad kulib boqdi, Yevropa Ligasida Zagrebning “Dinamo” jamoasidan o‘tishi va finalga chiqishi mumkin. Ammo Xulen Lopetegi shogirdlari o‘z o‘yinini yaxshilashi kerak. Chunki, andalusiyaliklar YECHL guruh bosqichida juda yomon o‘ynashdi.

“Vilyarreal” “Manchester Yunayted” bilan ikkala o‘yinda ham yaxshiroq o‘ynadi, ammo dahshatli yakun va ishonchsiz himoya ularga pand berdi. Ular Chempionlar ligasi pley-offida “Yuventus” bilan o‘yin o‘tkazadi. Garchi, La Liga A seriyaga qaraganda kuchliroq bo‘lsa-da, ushbu qarama-qarshilikda Turin klubining imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ha, ispan jamoalari uchun vaziyat og‘ir, lekin barchasini vaqt ko‘rsatadi.

 

“The Athletic” nashridan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

 

Kiritildi: 17:01, 24.12.2021.
O'qildi: 5387 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.