"Barselona" "Manchester Siti" vingeri Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olganini insayder Fabrisio Romano xabar qildi. "Barsa" 21 yoshli ispaniyalik uchun 55 million yevro to‘laydi va yana 10 million bonus sifatida berishi mumkin. Shartnoma besh yilga tuzilgan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, hammasi 27 dekabr, dushanba kuni rasman e’lon qilinadi, 28 dekabr kuni esa taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Jamoa Torres bilan yozdan beri shartnoma imzolashga harakat qilib keldi. Xavi jamoaga kelib, buni qat’iy talab qila boshladi.
Ferran ham bor vujudi bilan jamoaga o‘tishga harakat qildia. "U mening kabinetim eshigini ochdi va jamoadan ketmoqchi ekanligini ochiq aytdi. Men shunchaki aralashmaslikka qaror qildim. Biz "Siti"da futbolchilarni qamab qo‘ymaymiz va ularni qolishga majburlamaymiz. Ferran boshqa joyda baxtliroq bo‘lishni xohlaydi. Men u uchun xursandman", deydi Gvardiola.
Ispaniyalik futbolchi Manchesterga 2020 yilda ko‘chib o‘tgandi. U ajoyib o‘yin ko‘rsatdi - bu mavsum boshida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda xet-trik, lekin Pepning rotasiyasi va jarohatlar Ferran o‘zini qulay his qilishga imkon bermadi.
Torres "Barselona"ning Xavi kelganidan keyingi birinchi yirik transferi bo‘ladi. Shuningdek, ro‘yxatda "Manchester Yunayted"dan 34 yoshli Edinson Kavani va saragosalik yosh yigit Frensis ham bor. Ikkalasiga ham besh milliondan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflash rejalashtirilmoqda - bundan tashqari, avvalroq shartnoma imzolangan Dani Alvesni ham unutmaslik kerak.
"Shubhasiz, jamoani kuchaytirish vaqti keldi. Biz munosib o‘yinchilarni topishga harakat qilamiz. yanvar oyida ikkita yoki uchta transferni amalga oshirmoqchiman" degan edi Laporta jamos Yevropa ligasiga tushib ketgach.
Inqirozdagi "Barselona" shuncha pulni qayerdan oladi?
Ferran iqtisodiy jihatdan "Barsa" uchun juda qiyin transfer. "Man Siti"da Torres yiliga uch million yevro maosh olardi. Endi uning ishtahasi sezilarli darajada pasayishiga to‘g‘ri keladi. Lekin Aguero ketgach "Barsa"da biroz pul tejaladigan bo‘ldi.
Ushbu mablag‘ evaziga "Barselona" Niko Gonsales va Gavini tarkibiga kiritadi. Ular hamon ikkinchi jamoa futbolchilari sifatida qayd etilgan. Bu sizni jamoani 500 million yevrolik qarzlardan qutqarib qolmaydi. Lekin Gavi va Dembele bilan yangi shartnoma imzolash imkonini beradi.
Torres uchun o‘sha 55 million haqida nima deyish mumkin?
"Shaharliklar" rahbariyati bilan yaqin aloqalar tufayli "Barsa" sport direktori Alemani inqirozga uchragan jamoa uchun juda yaxshi sharoitlarni yaratdi. U Ferran uchun kelishilgan summani keyingi to‘rt yil ichida to‘laydi va to‘lovlarning birinchi qismini faqat yoz boshida jo‘natadi.
Jamoadan ketadigan futbolchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular qatorida ba’zi manbalarda Frenki De Yongni ham ko‘rishimiz mumkin. Koutinyo va Umtitidan tashqari, Lyuk De Yong va 18 yoshli Yusuf Demir ham transferga q’yilishi mumkin.
Laporta homiylar bilan ham faol muloqotda bo‘lib turibdi. "Barsa" yaqinda Lyuksemburgda joylashgan CVC jamg‘armasi bilan shartnoma tuzish uchun muzokaralarni boshladi.
CVC "Barselona"ga juda qiziqadi va 200 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga tayyor va bu pulning deyarli uchdan bir qismini qarzlarga sarflash mumkin. Ammo buning oqibatlari bor - biz "Barsa"ni hech bo‘lmaganda yaqin 50 yil davomida Superligada ko‘rmaymiz. "Men yaqinda Joan bilan gaplashdim. U Xolandni jamoaga olib kelish uchun nima qilish kerakligini biladi", degan edi La liga prezidenti.
Lekin vaziyatga real qarar ekanmiz hozir Laportada pul ishlashning boshqa yo‘llari yo‘q.