Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Futzal. Viloyat hokimi maydonga tushdi

Futzal. Viloyat hokimi maydonga tushdi

Baho:
+ | -

Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining to‘rtinchi tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun bo‘lib o‘tgan “HUAXIN-Jizzax” va “Neftchi” jamoalari uchrashuvida Jizzax viloyati hokimi, jamoaning eng yoshi ulug‘ o‘yinchisi Ergash Saliyev maydonga tushib, jamoadoshlarining g‘alabasiga hisa qo‘shdi. Ergash Saliyev o‘yindan keyin O‘zPFL matbuot xizmatiga quyidagilarni gapirib o‘tdi:

- Uch kundirki Jizzaxda futbol bayrami. Markaziy sport majmuamiz futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining to‘rtinchi turiga mezbonlik qildi. Chempionlikka da’vogarlar orasida viloyatimizning “HUAXIN-Jizzax” jamoasi borligi, yetakchilar qatorida borayotganligi butun viloyat ahlini hursand etayotganligi bor gap.

“So‘g‘diyona” ayollar jamoamiz ilk bor mamlakat chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘ldi, “So‘g‘diyona” erkaklar jamoasi esa Superligasida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi, futzal bo‘yicha “HUAXIN-Jizzax” jamoamiz esa bosh sovrin uchun astoydil kurashga kirishgan.

Albatta, bu muvaffafqiyatlar zamirida viloyatimizda futbolga, jumladan ayollar futboli va futzalga berilayotgan e’tibor, qiziqish, yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasi yotibdi. Qolaversa, ommaviy futbolga bo‘lgan e’tibor ham yuqori. Prezidentimizning aholini ommaviy sportga jalb etish samaradorligini kamida 25 foizga yetkazish tashabbusi viloyatimizda 30 foizlik natija bilan amalga oshirilyapti. Futbol bo‘yicha ikkinchi liga musobaqamiz saviyasi yildan-yilga ortayotganligi boshqa viloyatlar natijadorligi bilan taqqoslaganda yaqqol oydinlashyapti. Futzal bo‘yicha ikkinchi liga turnirimiz ham ikki-uch yildirki katta shov-shuvlarga sabab bo‘lyapti. Futzal bo‘yicha navbatdagi mavsum yanvar oyining boshlarida start oladi. Aniq taqvim, mukammal tashkilotchilik va salmoqli rag‘batlantirish bilan ta’minlangan musobaqada ishtirok etuvchilar soni yildan-yilga ko‘payyapti. So‘ng birinchiligimizda yetmishta jamoa qatnashdi. Hatto qo‘shni viloyatlardan kelib qatnashish istagida bo‘lganlar ham bor. Respublika jamoalarida to‘p surayotgan taniqli va tajribali futzalchilar musobaqa qatnashchi jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat yuritish istagida bo‘layotganligi ham haqiqat. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mni tashkil etadi, g‘olib jamoa esa “Neksiya-3” avtomashinasi bilan taqdirlanadi.

Maqsadimiz futzal bo‘yicha viloyatimiz bosh jamoasini mamlakat chempionati Oliy ligasining shoxsupasida ko‘rish. Bu yo‘lda jamoani shakllantirish bo‘yicha barcha masalalar hal etilgan. Tarkibimizning aksariyati mamlakat terma jamoasiga nomzod futzalchilar. Bahodir Ahmedov ustozligidagi jamoamizning nafaqat O‘zbekiston chempioni bo‘lishi, balki Osiyo Chempionlar ligasida yurtimiz sport sharafini munosib himoya qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Fursatdan foydalanib, barcha futbol ishqibozlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman. Mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilayman. 2022 yil ham barchamiz uchun xayrli kelsin, yutuqlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz yili bo‘lsin.

Manba: https://t.me/Futzal_chempionati
Kiritildi: 08:01, 25.12.2021.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.