Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ajoyib tarix. Tumanli Albionning tumanli futboli

Ajoyib tarix. Tumanli Albionning tumanli futboli

Baho:
+ | -

  Futbol shubhasiz millionlar o‘yini. Uning paydo bo‘lishi va o‘tmishi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. Ammo hamon futbol ko‘pchilikning sevimli mashg‘ulotiligicha qolmoqda. Yevropa futbolida eng kuchli chempionat shubhasiz Angliya Premyer ligasi. Ayniqsa Tumanli Albionning yangi yil arafasidagi o‘yinlari ko‘pchilik futbol muxlislari uchun kutiladigan holat. Angliyada bunday taqvim o‘tmishdan mavjud va ular qiziqarli voqealarga boy. Stadion.uz aynan shunday qiziqarli voqealardan birini hotirlab o‘tadi.

 

1937 yil 25 dekabrda Londonni 1904 yildan beri eng kuchli tuman qoplagan. Ko‘p o‘yinlar bekor qilingan, lekin “Chelsi” va “Charlton” qarama-qarshiligi bundan mustasno bo‘lgan. Biroz tuman qoplagan stadionda jamoalar birinchi bo‘limni 1:1 hisobida yakunlashgan.

 Tanaffusdan keyin tuman quyuqlashdi, ammo o‘yin davom etdi. "O‘sha paytda biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edik. Tinimsiz hujumlar uyushtirdik. Ikkinchi bo‘limda deyarli maydon ko‘rinmas edi. To‘p menga yaqin kelmadi, o‘yladimki biz hamon hujum qilyapmiz.", deb yozadi Bartram o‘z tarjimai holida. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda u jamoadoshlaridan juda xursand bo‘lgan, lekin xafa ham bo‘lgan: ular gol ura olmayotganga o‘xshaydi, aks holda raqib markazdan to‘pni o‘yinga kiritar edi va Sem hech bo‘lmaganda ba’zi siluyetlarni ko‘rgan bo‘lardi.

Darvozabon isinish uchun “Stemford Bridj”da darvoza chizig‘ida u yoqdan-bu yoqqa yurdi va jarima maydonchasi ichida mashq qilardi: “Men har daqiqada quyuqlashib borayotgan tumanga tikilib, bir necha marta maydon chetiga o‘tdim. Men hali ham hech narsani ko‘ra olmadim. Aniq biznikilar hujum qilayotgan.”

Shu tarzda besh o‘n daqiqa o‘tdi.

 "Uzoq vaqt o‘tgach, mening oldimda tuman pardasi ortidan bir sharpa paydo bo‘ldi", deb eslaydi Bartram, - Bu polisiyachi edi. U menga ishonmay tikildi: “Bu yerda nima qilib yuribsan? O‘yin 15 daqiqa oldin to‘xtatildi. Maydon butunlay bo‘sh”.

 Men kiyinish xonasiga kirganimda, jamoaning qolgan a’zolari allaqachon dushdan chiqib, kiyimlarini almashtirishgan edi. Yigitlar meni ko‘rganlarida, kulgidan titradilar."

2021 yilda tarix bu darvozabonning o‘zi o‘ylab topgan go‘zal afsonadek tuyulishi mumkin. Aslida, hatto Associated Pressning Londondagi byurosi ham u haqida qisqacha gapirgan.

 1937-yil 27-dekabrda agentlik e’lon qilgan gap: “Darvozabon Bartram himoyani yaxshi futbol jamoasining asosi deb hisoblaydi. 1904 yildan beri eng yomon Rojdestvo tumanlari o‘yin maydonini o‘rab olganida, rasmiylar o‘yinni bekor qilishga qaror qilishdi, ammo Bartram o‘z postini tashlab ketmadi. O‘yin to‘xtatilishi bilanoq Bartramdan boshqa barcha futbolchilar maydonni tark etishdi. Oxir-oqibat, qidiruv guruhi uni topib, o‘yin to‘xtatilganligiga ishontirishgan.

 Semni hatto «Chelsi» ham masxara qildi, u 1938 yilning aprelida uni «Charlton»ga qarshi javob o‘yinining bosh qahramoniga aylantirdi. “Aristokratlar” muxlislari tuman o‘rtasida qo‘lida fonar bilan darvozabon rasmini chizib unga “Bartram yo‘qoldi”- deb yozishgan.

 

Bu voqeani tasvirlashda jurnalistlar yuqoridagi suratdan foydalanishdi. Biroz oq-qoralikni oshirib yana ham eskiroq qilib ko‘rsatishadi. Lekin bu, albatta, soxta rasm hisoblanadi. Suratda "Arsenal" darvozaboni Jen Kelsi 1952 yil 5 dekabrda xuddi shunday tumanda maydonga tushgan. Ammo u Bartramdan farqli ravishda hamma bilan birgalikda maydonni tark etgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:01, 26.12.2021.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.