«PSJ» kelgusi ikki transfer oynasida futbolchilarni sotishdan kamida 100 million yevro ishlab olishi kerak.
Agar bu 2022 yilning iyuniga qadar amalga oshmasa, klub amalga oshirgan ishlar moliyaviy feyr-pley me’yorlariga to‘g‘ri kelmagan bo‘ladi va kamomat «PSJ» egasi Qatar Sports Invest tomonidan qoplanishi kerak, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko‘ra, parijliklar darvozabon Serxio Riko, himoyachilar Kurzava, Kerer, Diallo, yarimhimoyachilar Rafinya, Yulian Draksler va hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashishi mumkin.