Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

APL. Bugun musobaqa autsayderi o‘z o‘yinini topib borayotgan «Arsenal»ga qarshi o‘ynaydi (prevyu)

APL. Bugun musobaqa autsayderi o‘z o‘yinini topib borayotgan «Arsenal»ga qarshi o‘ynaydi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 19-turida «Norvich» klubi o‘z maydonida Londonning «Arsenal» jamoasi bilan bellashadi.

Mazkur bahsdan oldin qiziqarli faktlar va ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

"Norvich Siti" shu paytga qadar biror marta "Boxing Day"da g‘alaba qozonmagan (1 durang, 6 mag‘lubiyat) va g‘alabasiz eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘lib turibdi.

Ayni paytda «Norvich» 10 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so‘nggi o‘rnida bormoqda. Faqatgina uch jamoa "Boxing Day"dan oldin jadvalning oxirgi pog‘onasida bora turib, yakunda Premyer-Ligada jon saqlab qola olgan. Bular: "Vest Bromvich" (2004/05), «Sanderlend» (2013/14) va «Lester» (2014/15).

«Arsenal» "Boxing Day" kunlari 23 APL o‘yinidan faqatgina ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan: "Koventri Siti" 3:2 (1999/00) va «Sautgempton» 4:0 (2015/16).

«To‘pchilar» joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini «Norvich»ga qarshi bahsda qo‘lga kiritgandi. Londonliklar faqat ikki marta ushbu jamoaga qarshi mavsumning ikkala o‘yinida ham uch ochko egasiga aylangan (2004/05 va 2013/14).

 

"Norvich Siti" va «Arsenal» o‘yini uchun Grehem Skott bosh murabbiy etib tayinlangan. Unga qanotlarda Richard Vest hamda Derek Iton yordam berishadi.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Grehem Skott

Qanot hakamlari: Richard Vest, Derek Iton

Zaxira hakami: Din Uaytstoun

VAR: Li Meyson

VAR yordamchisi: Saymon Long

 

Taxminiy tarkiblar

«Norvich»: Krul, Aarons, Kabak, Gibson, Uilyams, MakKlin, Rupp, Gilmur, Kantuell, Plaketa, Pukki

«Arsenal»: Remzdeyl, Tomiyasu, Uayt, Magalyayesh, Tirni, Parti, Jaka, Saka, Edegor, Martinelli, Lyakazett.

 

Jamoalar xabarlari

Melou, Rupp, Sarjent va Tzolis koronavirusdan tuzalib safga qaytishdi va ular maydonga tushishlari mumkin.

Ozan Kabak uy uchrashuvida o‘z imkoniyatini ishga solishi mumkin, ammo Kristof Zimmermann, Grant Xenli, Endryu Omobamidele va Milot Rashitsa qatnashmaydi.

Mattias Norman jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak, buni Din Smit tasdiqladi.

Murabbiy, shuningdek «Norvich» qarorgohida koronavirus holatlari qayd etilganini tasdiqladi, ammo qaysi futbolchilarda musbat natija chiqqanini oshkor qilgani yo‘q.

Kalum Chembers va Palo Marida koronavirus holati qayd etilgan. Meytlend-Nayls esa bu kasallikka chalinmagan bo‘lsada, ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi va bugungi uchrashuvda maydonga tushish uchun mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Lokonga manfiy test natijasidan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi. Mikel Arteta Takehiro Tomiyasu maydonga tushishini umid qilmoqda. Jamoa so‘nggi turda «Lids»ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan bahsda uning o‘rnini Soaresh to‘ldirgandi. Bosh murabbiy o‘tgan turdagi asosiy tarkibni maydonga tushirishi mumkin va zaruriyat yuzasidan Tomiyasuning o‘rni Soaresh bilan to‘ldirilish ehtimoli ham yo‘q emas.

 

Raqamlar

«Norvich» APL doirasidagi oxirgi 27 o‘yindan 25tasida g‘alaba qozona olmadi.

«Norvich» Premyer-Liga doirasidagi so‘ngi 3 uy uchrashuvida gol urishni uddasidan chiqqani yo‘q.

«Arsenal» Angliya chempionati doirasida o‘zining so‘nggi 3 uchrashuvida g‘alaba qozondi.

Londonliklar barcha musobaqalarda «Norvich»ga qarshi so‘nggi 9 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramay kelishmoqda.

Jamoalar APLda o‘zaro 19 marta to‘qnash kelishgan. 10 o‘yinda «Arsenal»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2 uchrashuvda «kanareykalar» g‘alaba qozonishgan. 7 bellashuvda durang natija qayd etilgan.

Ayni vaqtda 32 ochko to‘plagan Mikel Arteta shogirdlari musobaqa jadvalining 4-pog‘onasida borishmoqda. Musobaqa autsayederi «Norvich» hisobida esa 10 ochko mavjud.

Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:32, 26.12.2021.
O'qildi: 1720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.